Britaniya universiteti O‘zbekiston bilan qo‘shma loyihalarni amalga oshiradi
O‘zbekiston elchisi Ravshan Usmonov Britaniyaning Xartfordshir universitetiga tashrifi doirasida prorektor Mayri Uotson va talabalar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Foto: Dunyo
Xartfordshir universiteti prorektori Mayri Uotson bilan muzokaralar davomida qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Mayri Uotson Xartfordshir universiteti O‘zbekistonda Britaniya ta’lim standartlarini joriy etishdan manfaatdorligini ta’kidladi. Shuningdek, u respublika oliy ta’lim muassasalari bilan turli yo‘nalishlarda uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirishga tayyorligini bildirdi.
Muloqot natijasida qo‘shma ta’lim loyihalarini amalga oshirish, "El-yurt umidi" jamg‘armasi va Xartfordshir universiteti rahbariyati o‘rtasida onlayn uchrashuv tashkil etishga kelishib olindi.
Universitet talabalari bilan kechgan uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston zamonaviy tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Xususan, O‘zbekiston ochiq, o‘zaro manfaatli va mamlakat milliy manfaatlaridan kelib chiqqan holda konstruktiv tashqi siyosat yuritayotgani ta’kidlandi. Tashqi siyosiy faoliyatning asosiy maqsadi davlat mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, uning xalqaro maydondagi o‘rni va rolini mustahkamlash, mamlakat atrofida xavfsizlik va barqarorlik kamarini yaratish, respublikaning tashqi iqtisodiy manfaatlarini faol ilgari surishdan iboratligi qayd etildi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda to‘y qilish tartibi yangilanadi
O‘zbekiston | 17:03 / 22.04.2025
Qulupnaychilar qishlog‘i: O‘qchidan reportaj
Jamiyat | 15:15 / 22.04.2025
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto
Sport | 23:22 / 21.04.2025
Tramp Putinga muhlat berdi, Fransiya Falastinni tan olmoqchi - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 17:10 / 21.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“O‘zbekgidroenergo” AJda zamonaviy andozalarga mos Vaziyatlar markazi faoliyati taqdimoti bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston | 10:30
-
Tramp Londondagi Ukraina muzokaralarini ijobiy baholadi
Jahon | 09:50
-
Agar AQSh yadro sinovlarini tiklasa, Rossiya ham shunday qilishi mumkin – Shoygu
Jahon | 09:50
-
Lavrov migrantlar orasida jinoiy guruhlar paydo bo‘lishining oldini olishga chaqirdi
Jahon | 09:49
Mavzuga oid

15:06 / 16.04.2025
Britaniya Huquqshunoslik universiteti O‘zbekistonda o‘z kampusini tashkil etishi mumkin

12:47 / 09.04.2025
Britaniyaning yirik investitsiyaviy holdingi O‘zbekiston bozoriga kirmoqchi

11:35 / 09.04.2025
O‘zbekistonda Belarus davlat universiteti filiali ochiladi

12:05 / 07.04.2025