Uçraşuvda mazkur universitet va Özbekiston oliy ta’lim va ilmiy tadqiqotlar muassasalari örtasida hamkorlik aloqalarini yölga qöyiş, jumladan, ikki tomonlama diplom beriş dasturini amalga oşiriş, Huquqşunoslik universitetining ta’lim va öquv dasturlarini joriy etiş masalalari muhokama qilindi.
Prorektor Piter Krisp Özbekistonga bir neça bor bölganini, qolaversa mintaqa bilan yaqindan taniş ekanini ma’lum qildi. U Özbekistonda Britaniya ta’lim standartlarini joriy etişdan manfaatdorligini ta’kidladi.
Muloqot davomida şu yil 29-30 may kunlari Toşkentda ötkazilişi rejalaştirilgan IV International Legal Forum - Tashkent Law Spring tadbiri töğrisida ma’lumotlar berildi.
Uçraşuv yakunida mazkur yönalişda hamkorliklarni jadallaştirişga kelişib olindi.
University of Law 1903 yilda huquqşunoslik instituti sifatida taşkil etilgan. 2012 yilda esa universitet maqomi berildi. Hozirgi kunda uşbu ta’lim muassasasida 16 ming nafarga yaqin talabalar tahsil olmoqda. Muassasada salkam ikki ming professor-öqituvçi va mutaxassislar faoliyat yuritadi. Unda huquqşunoslik yönalişlari bilan birga, biznes boşqaruvi sohalarida ham saboq beriladi. Universitetning Germaniya va Hongkongda öz filiallari bor.












