Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya sudi Googleʼni 8 mlrd rubl jarimaga tortdi
Amerika kompaniyasi ma’muriy jazodan bo‘yin tovlaganlikda aybdor deb topilgan. Sudda aynan qaysi holat bo‘yicha ish ko‘rib chiqilganiga esa oydinlik kiritilmagan.
Foto: IMAGO
Moskva sudi AQShning Google kompaniyasini belgilangan ma’muriy jazoni bajarishdan bo‘yin tovlagani uchun 8 milliard rubl miqdorida jarimaga tortdi. Bu haqda Moskva umumiy yurisdiksiya sudlari matbuot xizmati xabar berdi.
«Poytaxt sudi Google LLC ni ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybdor deb topdi. Moskva shahri Nagorniy tumani 235-sonli sud uchastkasi sudyasining qarori bilan Google LLC ga 8 milliard rubl miqdorida jarima belgilandi», — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, ishni Moskvaning Chertanovo tuman sudi ko‘rib chiqqan. Sudda aynan qaysi holat bo‘yicha ish ko‘rib chiqilganiga oydinlik kiritilmagan.
2024 yilning oktyabr oxirlarida Rossiya sudi YouTube videoxostingida mahalliy telekanallarning akkauntlari tiklab berilishi borasidagi talablari bajarilmagani uchun Googleʼni 2 undetsillion rubl (2 raqamidan keyin 36 ta nol bor) jarimaga tortgandi.
2023 yil dekabrda Moskvaning Taganka sudi Google kompaniyasiga Rossiyada taqiqlangan ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan materiallarni YouTubeʼdan olib tashlamagani uchun 4,6 milliard rubl jarima belgilagan edi. Shuningdek, Amerika kompaniyasi 2022 yilda 21,07 milliard rubl, 2021 yilda esa 7,2 milliard rubl jarimaga tortilgan.
Mavzuga oid
17:56 / 04.04.2026
Rossiyada naqdsiz to‘lovlarda ommaviy uzilish kuzatildi. Bu VPN'larni bloklashga urinish bilan bog‘lanmoqda
09:50 / 04.04.2026
Ukrainaga kuchli zarbalar: qurbonlar soni kamida o‘n kishiga yetdi
10:35 / 03.04.2026
Rossiyada jazo o‘tayotgan 3 mingdan ortiq o‘zbekistonlik qaytarilishi mumkin
09:04 / 03.04.2026