Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevrokomissiya G‘azoga yordam uchun qo‘shimcha 120 mln yevro ajratishga va’da berdi
Yangi yordam paketi oziq-ovqat, suv ta’minoti, sanitariya va gigiyena, shuningdek, aholini uy-joy bilan ta’minlashga yo‘naltiriladi.

Foto: AP
Yevropa Ittifoqi Isroil va HAMAS o‘rtasidagi sulhni olqishlab, G‘azo sektori uchun 120 million yevro gumanitar yordam ajratishga va’da berdi. Bryusselga ko‘ra, shu orqali YeI tomonidan 2023 yildan beri falastinliklarga ko‘rsatilayotgan yordamning umumiy miqdori 450 million yevroga yetadi.
«O‘t ochishni to‘xtatish va garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha bitim mintaqa uchun juda zarur bo‘lgan umidni beradi. Ammo G‘azo sektoridagi gumanitar vaziyat hamon qayg‘uli. Yevropa falastinliklarni qo‘llab-quvvatlashni davom ettirish uchun 2025 yilda turli yordamlar bilan bir qatorda 120 million yevro ham yo‘naltiradi», — deydi YeK raisi Ursula fon der Lyayen.
Yangi paket oziq-ovqat va tibbiy yordam, suv ta’minoti, sanitariya va gigiyena, shuningdek, ko‘chirilganlar xavfsiz yashashi uchun ularni uy-joy bilan ta’minlashga mo‘ljallangan.
Aholining zaif qatlamiga yordam taqdim etishda YeI BMT agentliklar va gumanitar tashkilotlar bilan yaqindan hamkorlik qiladi.
Avvalroq Isroil Falastinning HAMAS harakatini G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv loyihasining bir necha bandini o‘zgartirishga urinayotganlikda ayblagandi. Falastin harakati esa erishilgan kelishuvga sodiqligini e’lon qilgan.
Tavsiya etamiz
Yevropa Ittifoqining 18-sanksiyalar paketi Rossiyaga qanday ta’sir qiladi?
Jahon | 23:12 / 21.07.2025
Uy sotib olishda aldanib qolmaslik uchun nimalarga e’tibor qilish kerak?
Ko‘chmas mulk | 16:30 / 21.07.2025
Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinmi?
Ta’lim | 11:29 / 21.07.2025
Davlat OTMga qabul kvotalari tasdiqlandi
Ta’lim | 11:09 / 21.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Namanganda sigir yosh bolani suzib, o‘ldirib qo‘yishiga sal qoldi
O‘zbekiston | 16:19
-
Angrenda 14 yoshli qizga jinsiy zo‘ravonlik bo‘lgani aytilmoqda
O‘zbekiston | 16:13
-
Bojni iste’molchi to‘lamoqda. Noqonuniy importga zarba iPhone narxlarini oshirdi
O‘zbekiston | 16:05
-
Frontdagi vaziyat: Rossiya piyodalari Pokrovskka kira boshladi
Jahon | 16:02
Mavzuga oid

15:03 / 22.07.2025
G‘azo sektorida deyarli har kuni gumanitar yordamga navbatda turganlar halok bo‘lmoqda

14:51 / 17.07.2025
Yevrokomissiya YeI budjetini 2 trln yevroga oshirishni taklif qildi

23:41 / 09.07.2025
Yevrokomissiya migrantlar oqimi sabab Afrikaga yordam ko‘rsatishni to‘xtatishi mumkin

13:07 / 03.07.2025