15 mart kuni Isroil havo hujumi uyuştirib, Ğazo sektorining markaziy qismidagi Zavayda şahri kiraverişida politsiya avtomobiliga zarba berdi. Oqibatda yuqori martabali politsiya mulozimi va yana sakkiz nafar ofitser halok böldi. Ğazo soğliqni saqlaş vazirligi ma’lumotlariga köra, kamida 14 kişi, asosan yölovçilar yaralangan.

Foto: Reuters

Yakşanba kuni erta tongda esa Isroilning boşqa havo hujumida Ğazo sektorining markaziy qismi – Nusayratning ğarbiy hududiga zarba berilgan. Oqibatda uç kişi: erkak, uning homilador rafiqasi va ularning öğli halok bölgan.

Foto: Reuters

Isroil harbiylari bir kun avval Hamas a’zolari öz qöşinlariga qarata öt oçgan hodisaga javoban yakşanba kuni Ğazoda zarba berganini ma’lum qildi. Ular bu zarba – politsiya ofitserlari ölimiga olib kelganimi yoki Nusayratdagi oilaning ölimiga sabab bölgan hujummi, aniqlik kiritmadi.

Ğarbiy sohilda esa Isroil kuçlari bir oilaning 4 a’zosi – ota, ona va ularning ikki farzandini avtomobilda ketayotgan vaqtida otib öldirdi.

Falastin rasmiylariga köra, Ğarbiy sohilning Tammun qişloğida 37 yoşli Ali Xolid Bani Odeh, uning 35 yoşli rafiqasi Vaad va ularning beş hamda yetti yoşli ikki öğli boşidan öq yeb halok bölgan.

Foto: Reuters

Avtomobilda bölgan va öz oilasi ölimiga guvoh bölgan 8 va 11 yoşli ikki nafar katta yoşli bolalar esa öq parçalaridan olingan yengil jarohatlar bilan tirik qolgan.

Falastin Qizil yarim oy jamiyati öz bayonotida Isroil kuçlari dastlab tibbiyot xodimlarining avtomobil içidagi yaradorlarga yetib borişiga tösqinlik qilganini va ularga hududni tark etişni buyurganini ma’lum qildi.

Omon qolgan ikki öğildan biri — 12 yoşli Xolid şifoxonada Reuters agentligiga «maşina öqqa tutilişidan oldin onasining yiğlayotganini va otasining duo qilayotganini eşitganini» aytdi.