Nima uchun AQSh Yevropadan boyroq?
2008 yilda AQSh va yevrozona YaIM darajalari bo‘yicha deyarli tenglashgan edi: YeIga a’zo 27 ta davlatning umumiy boyligi 14,2 trillion dollarni, Amerikaniki esa 14,8 trillion dollarni tashkil etgan. Oradan 17 yil o‘tgach, yevrozona yalpi ichki mahsuloti 15 trillion dollardan ziyodni tashkil etayotgan bo‘lsa, AQShniki 26,9 trillion dollargacha oshdi.

Foto: AP
Natijada YaIM o‘rtasidagi tafovut rekord darajadagi 80 foizga yetdi. AQShda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YaIM ham Lyuksemburg va Irlandiyadan tashqari YeIdagi barcha davlatlar ko‘rsatkichidan oshiq.
2024 yilda AQShda aholi jon boshiga YaIM ko‘rsatkichi 80,023 yevroni tashkil etgan — bu YeIdagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan qariyb ikki barobarga ko‘p (40,060 yevro).
Agar Yevropa davlatlari AQSh shtatlari bilan taqqoslansa, qiziq jihatlar yuzaga keladi: AQShning eng qashshoq shtati — Missisipida aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YaIM Yevropaning beshta yetakchi iqtisodiyotinikidan yuqori. Bundan faqat Germaniya istisno. Ammo Missisipi 1600 dollarlik farq bilan GFRga jiddiy raqobat tug‘diradi.
E’tiborli jihati, hatto Buyuk Britaniya AQSh shtati bo‘lganida 50 ta shtat orasida 49-o‘rinni egallagan bo‘lardi.
Nega bunday bo‘ldi?
2010 yildan 2023 yilga qadar AQShda yalpi ichki mahsulotning o‘sish sur’ati Yevropa Ittifoqidagi 21 foizga nisbatan 34 foizga yetdi.
Ushbu farqni ikki og‘iz so‘z bilan tushuntirish mumkin: texnologiyalarga investitsiya. Aniqrog‘i ularning yetishmasligi. YeI ilmiy tadqiqotlar va ixtirolarga juda kam mablag‘ ajratadi. AQSh bilan bog‘liq holatda esa ushbu sohaga investitsiya samaradorlikning oshishi bilan bog‘liq.
Bu davr oralig‘ida AQShda mehnat unumdorligi 22 foizga oshgan, Yevropada bo‘lsa — 5 foizga. Shu bois Yevropaning AQShdan ortda qolib ketishi 2010 yillar boshidayoq ayon bo‘lgandi va buni mehnatga layoqatli aholining o‘sishidagi farqlar bilan izohlab bo‘lmaydi.
Ta’kidlanishicha, AQSh va Yevropa o‘rtasidagi iqtisodiy ko‘rsatkichlar quvonarli emas.
Birinchidan, amerikaliklar boyroq. AQShda aholi jon boshiga o‘rtacha YaIM allaqachon Yevropaning shu kabi ko‘rsatkichlaridan oshib ketgan. 1990 yilgi 16 foizli farq 2023 yilda 30 foizdan oshgan.
Ikkinchidan, AQSh ilm-fan va tadqiqotlarga ko‘proq sarmoya kiritmoqda. Davlat xususiy sektorlar Yevropadan farqli o‘laroq, YaIMning katta foizlarini ushbu maqsadlarga yo‘naltirmoqda. Yevrokomissiya hisobotida qayd etilishicha, ko‘plab yevropalik tadbirkorlar amerikalik venchur investorlardan moliyalashtirish qidiradi va o‘z loyihalarini AQSh bozorida kengaytirishga urinadi.
«Agar YeI o‘z yondashuvini o‘zgartirmasa va tavakkal qilmasa, yaqin yillarda AQSh yalpi ichki mahsuloti Yevropanikidan ikki barobarga oshib ketadi. Va ko‘rasizki, Daniya o‘zining qat’iy pozitsiyasini o‘zgartirib, Grenlandiyani Trampga beradi», — deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
Orol dengizining qurigan tubi yildan yilga ko‘tarilib borayotgani aniqlandi
O‘zbekiston | 19:14 / 18.04.2025
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Seulda erkak pestitsid purkagich yordamida 21 qavatli binoga o‘t qo‘ydi
Jahon | 18:42
-
“Fuqarolarga zarar keltirmoqda” – Namangan shahar hokimi viloyat YHXBdan noqonuniy radarlarni olib tashlashni so‘radi
O‘zbekiston | 18:38
-
Britaniya artilleriya snaryadlari va geksogen ishlab chiqarishni keskin oshiradi
Jahon | 18:29
-
Salvador prezidenti venesuelalik noqonuniy migrantlarni «siyosiy mahbuslar»ga almashmoqchi
Jahon | 17:35
Mavzuga oid

12:43
Tramp: "Umid qilamanki, Rossiya va Ukraina shu hafta kelishuvga erishadi"

12:27
Asirlarni ozod qilishga tayyor HAMAS, Sudandagi jim genotsid va Tramp deportatsiyasini to‘xtatgan sud - kun dayjesti

09:43
Xitoy o‘z manfaatlarini buzadigan davlatlarni qat’iy ogohlantirdi

08:36