Nigeriya biznesi O‘zbekiston bilan hamkorlikka qiziqish bildirmoqda
O‘zbekiston elchixonasida Nigeriyaning K.K.Kingdom Group kompaniyasi biznes aloqalari bo‘yicha maslahatchisi, misrlik tadbirkor Muhammad Hasib bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Foto: "Dunyo" AA
K.K.Kingdom Group Nigeriyaning yirik xususiy kompaniyalaridan biri sanaladi. U ishlab chiqarish, ko‘chmas mulk, muhandislik va qurilish, energetika, qishloq xo‘jaligi sohalarida faoliyat yurituvchi qator korxonalarni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, kompaniya mamlakatning Kaduna shtatida 718 gektar yer maydonda "Yashil iqtisodiy zona" (Green Economic Zone - GEZ) tashkil qilgan.
Mazkur hududda 250 MVt quvvatga ega quyosh elektr stansiyasi, to‘qimachilik fabrikasi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash korxonalari, mashinasozlik, kiyim-kechak va moda, savdo, xizmat ko‘rsatish, elektronika va oziq-ovqat sanoati sohalaridagi boshqa ko‘plab klasterlar joylashgan. GEZ qulay transport-logistika sharoitlari, jumladan avtomobil, temir va havo yo‘llari marshrutlariga ega.
Muloqot chog‘ida misrlik tadbirkor O‘zbekistondagi manfaatdor kompaniya va korxonalar bilan hamkorlik o‘rnatishga katta qiziqish bildirdi. U, shuningdek, mamlakat tadbirkorlarining GEZ hududida o‘z bizneslarini yo‘lga qo‘yishlariga amaliy yordam berishga tayyor ekanini ta’kidladi.
Tomonlar mazkur yo‘nalishda hamkorlikni rivojlantirish va O‘zbekistondagi manfaatdor korxonalar vakillari bilan onlayn muzokaralar tashkil qilish to‘g‘risida kelishib olishdi.
Tavsiya etamiz
Putin AQSh va Ukrainaning 30 kunlik otashkesim taklifiga rozi bo‘ldi
Jahon | 23:00 / 13.03.2025
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
«Quvur operatsiyasi»: ruslar uni «urushdagi burilish nuqtasi» deyishmoqda
Jahon | 23:40 / 11.03.2025
Amaldorlar “mahalliy” xizmat avtomobillariga o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston | 16:34 / 11.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQShda olti kun mashinada qamalib qolgan ayol kurtkasi yordamida omon qoldi
Jahon | 15:20
-
Yuk mashinasini qismlarga bo‘lib olib kirishga urinish aniqlandi
Iqtisodiyot | 15:03
-
AP: Isroil va AQSh Sudan va Somaliga G‘azo sektoridan falastinliklarni qabul qilish taklifi bilan murojaat qildi
Jahon | 14:56
-
Avstraliyada vombat bolasini onasidan tortib olgan amerikalik bloger deportatsiya qilinishi mumkin
Jahon | 14:40
Mavzuga oid

10:56 / 08.03.2025
5 nafar ayolni biznesga olib kirgan tadbirkorga 50 mln so‘mgacha grant ajratiladi

18:10 / 20.02.2025
Niderlandiya XV-XIX asrlarga tegishli artefaktlarni Nigeriyaga qaytaradi

15:04 / 05.02.2025
2025 yilda O‘zbekistonda 2 mlndan ziyod aholi biznesga jalb qilinadi

01:47 / 19.01.2025