O‘zbekiston | 11:05 / 28.01.2025
1039
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Kuvayt migratsiya bo‘yicha qo‘shma ishchi guruh tuzadi

O‘zbekiston va Kuvayt migratsiya va viza masalalari bo‘yicha muloqotlarni tizimli o‘tkazib turish maqsadida qo‘shma Ishchi guruh tuzadi.

Foto: TIV

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Olim Abdullayev Kuvaytning mamlakatdagi muvaqqat ishlari vakili Xolid al-Mutayratni qabul qildi.

TIV ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuvda tashqi mehnat migratsiyasi, viza rejimini soddalashtirish hamda yuqori darajada bo‘lajak ikki va ko‘p tomonlama uchrashuvlarni tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar migratsiya va viza masalalari bo‘yicha muloqotlarni doimiy tarzda tizimli o‘tkazib turish, xususan, mavjud masalalarni tezkor tartibda muvofiqlashtirish maqsadida, O‘zbekiston va Kuvayt mutasaddilari o‘rtasida Ishchi guruhni tashkil etishni kelishib oldilar.

Mavzuga oid