Qarorda quyidagilar maqsad qilingan:

  • tuman hokimliklari tasarrufidagi böş turgan qişloq xöjaligi yerlarida ekin ekiş va mahsulot yetiştirişni taşkil etiş;
  • çorvaçilik uçun ozuqa ekinlar yetiştiriş hajmini oşiriş orqali göşt va sut mahsulotlari narxlarining barqarorligini ta’minlaş;
  • yerdan samarali foydalanişni iqtisodiy mexanizmlar orqali rağbatlantiriş, aholi bandligi va turmuş darajasini oşiriş.

Qarorga köra, 2025 yil hosilidan boşlab har yili paxtadan 50 sentner/gektar, ğalladan 80 sentner/gektardan yuqori hosil olinganini soliq hisobotlarida aks ettirgan fermer xöjaliklari va boşqa qişloq xöjaligi korxonalariga kelgusi yilda:

  • ijaraga olingan jami yer maydonining 25 foiziga almaşlab ekiş usulida çorva uçun ozuqa, sabzavot, poliz, kartoşka, moyli va dukkakli ekinlarni ekiş kafolatlanadi;
  • Özbekiston fermerlari kengaşiga a’zolik badali paxta xomaşyosi böyiça birjada e’lon qilinadigan boşlanğiç narxdan va donning şakllangan örtaça narxidan 0,3 foiz miqdorida belgilanadi;
  • yer soliğini hisoblaşda bazaviy stavkada nisbatan mutanosib ravişda uç karragaça kamaytiruvçi koeffitsiyentlar qöllanadi.

Qişloq xöjaligi kooperativiga a’zo bölgan fermer xöjaliklari yetiştirgan paxtani töğridan töğri xarid qilişga ruxsat beriladi. Bunda şartnomalar Özbekiston tovar-xomaşyo birjasi axborot portalida tuzilişi kerak.