Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shvetsiya 2022 yildan buyon Ukraina uchun eng yirik yordam paketini ajratdi
Foto: Sofiia Gatilova / Reuters
Shvetsiya hukumati yaqin vaqtlar ichida Kiyevga jami 1,23 mlrd dollarlik (13,5 mlrd shved kronasi) miqdoridagi 18-harbiy yordami paketini ajratishga rozi bo‘ldi. Bu haqda 30 yanvar kuni mamlakat mudofaa vaziri Pol Yonson ma’lum qilgan.
«Bu Ukrainaga Shvetsiya tomonidan 18-yordam paketi. Bu shuningdek Shvetsiya Ukrainaga taqdim etgan eng yirik paket… 2022 yil fevraldan buyon»,— degan shvedlar vaziri payshanba kungi matbuot anjumanida
Reuters agentligi yozishicha, Shvetsiya mudofaa vaziri ayni vaqtda hukumat Shvetsiya va Yevropadagi yetkazib beruvchilar bilan Ukrainaga artilleriya qurollari hamda dronlar yetkazib berish masalasini muhokama qilmoqda.
2024 yilda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy va Shvetsiya bosh vaziri Ulf Kristersson xavfsizlik sohasida yaqin 10 yillikda ikki tomonlama hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuvni imzolagandi. O‘tgan yili Kiyevning o‘zi ham nomi oshkor etilmagan shved kompaniyasidan to‘g‘ridan to‘g‘ri qurol sotib olish bo‘yicha ilk shartnomani imzolagandi.
Mavzuga oid
16:04
Shvetsiyada qonuniy maqomi bo‘lmagan fuqarolar Toshkentga olib kelindi
15:52
Zelenskiy: Yangi muzokaralar 17–18 fevral kunlari AQShda rejalashtirilmoqda
14:47
2025 yilning o‘zida 400 mingga yaqin: NATO Rossiya yo‘qotishlarini ochiqladi
13:53