Jahon | 16:00 / 01.02.2025
4679
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada 5 fevraldan noqonuniy migrantlarni mamlakatdan chiqarib yuborish rejimi boshlanadi

Rossiyada migratsiya siyosatini takomillashtirish bilan bog‘liq navbatdagi o‘zgarishlar kuchga kiradi. Unga ko‘ra, 5 fevraldan noqonuniy migrantlarni mamlakatdan chiqarib yuborish rejimi ishlay boshlaydi.

Rossiya Davlat dumasi raisi Vyacheslav Volodin 5 fevraldan migratsiya siyosatini takomillashtirish bilan bog‘liq navbatdagi o‘zgarishlar kuchga kirishini ma’lum qildi.

«Noqonuniy migrantlarni chiqarib yuborish rejimini nazarda tutuvchi qonun kuchga kiradi. Rossiya Federatsiyasi qonunchiligiga rioya qilmaydigan yoki qolish huquqini qo‘ldan chiqarganlar mamlakatimizda bo‘lmasligi kerak. Ushbu chora xavfsizlikni kuchaytirishga qaratilgan», — deb yozadi Volodin o‘zining Telegram-kanalida.

Bundan tashqari, mamlakatga kirish yoki undan chiqish qoidalarini buzganlik, shuningdek, nazorat qilinadigan shaxslar reyestriga kiritilgan migrantga ko‘rsatilishi taqiqlangan xizmatlar ko‘rsatganlik uchun ma’muriy javobgarlik joriy etiladi.

Volodinning aniqlik kiritishicha, tegishli qonun 5 fevraldan kuchga kiradi.

Avvalroq Rossiya Ta’lim vazirligi maktabga qabul qilinish vaqtida rus tilini bilish bo‘yicha testni topshira olmagan farzandining qo‘shimcha o‘qishi uchun sharoit yaratmagan migrantlarni ma’muriy javobgarlikka tortish taklifini bergandi.

2024 yilda «Migrant Servis» tahlilchilariga ko‘ra, Rossiyani 1 millionga yaqin migrant, asosan, O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston kabi davlatlar fuqarolari tark etgan. 2025 yilda bu tendensiya davom etishi va farazga ko‘ra yana 1 millionga yaqin mehnat migranti xorijda yanada jozibador mehnat sharoitlarini izlab Rossiyani tark etishi mumkin.

Mavzuga oid

E`lonlar

Kelajak uchun bitim: MARS IT School bolalar uchun IT-ta’limni rivojlantirishning yangi bosqichiga chiqyapti

USAID hamkorligida SWISSAGRO qo‘shma korxonasi Farg‘onada yangi ishlab chiqarish quvvatini yo‘lga qo‘ydi

"O‘zbekinvest" kompaniyasi tomonidan "Yashil makon" umummilliy dasturi doirasida Qibray tumanida bog‘ yaratildi

Iteca Exhibitions: 2024-yilda O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sishi va xalqaro e’tirofi drayveri

O‘zKeysServis zamonaviy servis markazlari va raqamlashtirish tizimi: Qishloq xo‘jaligi texnikalarini ta’mirlashda yangi bosqich

Sharjada o‘tkazilgan Xalqaro olimpiadada "Al-Jabr" maktabi o‘quvchilari yuqori natijalarga erishdi