Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Malayziyaga boradi
Shavkat Mirziyoyev Malayziya bosh vaziri Anvar Ibrohimning taklifiga binoan 4–5 fevral kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi, deya xabar bermoqda prezident matbuot xizmati.
Tashrif doirasida Kuala-Lumpur shahrida Anvar Ibrohim bilan ikki tomonlama muzokaralar, Malayziyaning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuvlar, qo‘shma biznes forumi va boshqa tadbirlarda ko‘zda tutilgan.
Bo‘lajak oliy darajadagi muzokaralar kun tartibidan O‘zbekiston-Malayziya do‘stlik munosabatlarini yanada rivojlantirish hamda amaliy hamkorlikni, shu jumladan, savdo, investitsiyalar, innovatsiyalar, texnologik kooperatsiya, neft-kimyo, elektronika, «yashil» energetika, «aqlli» qishloq xo‘jaligi, turizm va boshqa ko‘plab ustuvor yo‘nalishlarda kengaytirish masalalari o‘rin olgan. Madaniy-gumanitar almashinuvni faollashtirishga alohida e’tibor qaratiladi.
Yetakchilar xalqaro siyosat va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb jihatlarini ham ko‘rib chiqadilar.
Sammit yakunida ikki davlat o‘rtasidagi keng ko‘lamli sheriklikni yanada rivojlantirishga qaratilgan qo‘shma bayonot va salmoqli bitimlar to‘plami qabul qilinishi rejalashtirilgan.
Tashrif arafasida Malayziyada bir qator muhim tadbirlar o‘tkazilmoqda, deyiladi xabarda.
Xususan, yetakchi tahlil markazlari va tadqiqot tuzilmalarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Yaqin kunlarda O‘zbekistonning turizm salohiyati va madaniy merosi taqdimotlari, ikki mamlakat yetakchi oliy ta’lim muassasalari rektorlari forumi va boshqa tadbirlar o‘tkaziladi.
Ma’lumot uchun, o‘tgan yilning 17–19 may kunlari Malayziya bosh vaziri Anvar Ibrohim O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgandi.
Mavzuga oid
11:42 / 02.06.2026
“Malayziya yordamga tayyor” – elchi islomiy moliyani joriy qilish haqida
21:56 / 01.06.2026
Malayziya 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlarda ro‘yxatdan o‘tishini taqiqladi
08:18 / 05.05.2026
Ziroat Mirziyoyeva Malayziya qirolichasi bilan uchrashdi
12:54 / 02.04.2026