O‘zbekiston | 14:05 / 04.02.2025
1231
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Turkmaniston 2025-2026 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturini imzoladi

O‘zbekiston va Turkmaniston TIV rahbarlari 2025-2026 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi hamda Shartnomaviy-huquqiy bazani inventarizatsiya qilish va takomillashtirish bo‘yicha protokolni imzoladilar.

Foto: Telegram / bakhtiyor_saidov

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va Turkmaniston vazirlar mahkamasi raisining o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida ikkita hujjatni imzoladilar.

"Hamkasbim Rashid Meredov janoblari bilan birgalikda O‘zbekiston va Turkmaniston Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida ikkita muhim hujjatni imzoladik", – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram kanalida. 

2025-2026 yillarga mo‘ljallangan qo‘shma hamkorlik dasturi; Shartnomaviy-huquqiy bazani inventarizatsiya qilish va takomillashtirish to‘g‘risida protokol imzolandi. 

"Bundan tashqari, biz xalqaro tashkilotlarda bir-birimizning nomzodlarimizni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida notalar almashdik", deydi Baxtiyor Saidov.

Mavzuga oid

E`lonlar