2022 yilda Buxoro, Namangan, Xorazm, Qaşqadaryo, Farğona va boşqa viloyatlarda umumiy quvvati 1 900 MVt bölgan 8 ta quyoş fotoelektr stansiyasi hamda Qoraqalpoğistonda 1 700 MVt.lik şamol elektr stansiyasini quriş böyiça loyiha bitimlari imzolanişi rejalaştirilgan. Bu haqda Energetika vazirligi Axborot xizmati xabar qilmoqda.
Eslatib ötamiz, qayta tiklanuvçi energiya manbalaridan foydalangan holda elektr energiyasi işlab çiqaruvçi stansiyalarni quriş borasida amaliy işlar amalga oşirilmoqda. Xususan, sönggi 3 yilda quyoş va şamol elektr stansiyalarini quriş böyiça 10 ta bitim imzolangan.
2021 yil avgust oyida Navoiy viloyatining Karmana tumanida respublikada birinçi 100 MVt quvvatli quyoş fotoelektr stansiyasi işga tuşirildi.
Joriy yil 1-çoragida Samarqand viloyati Nurobod tumanida 100 MVt quvvatli yirik quyoş fotoelektr stansiyasini işga tuşiriş rejalaştirilgan.
Bundan taşqari, 2023 yilda Samarqand, Jizzax, Navoiy va Surxondaryo viloyatlarida umumiy quvvati 1 097 MVt bölgan 4 ta quyoş fotoelektr stansiyasi va Qoraqalpoğiston Respublikasi, Buxoro (Ğijduvon va Peşku) hamda Navoiy viloyatlarida umumiy quvvati 1 600 MVt bölgan 4 şamol elektr stansiyalari “yaşil” energiya işlab çiqarişni boşlaydi.











