Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiya tashqi ishlar vaziri Rossiyaning G8'ga qaytishini rad etdi
Fransiya TIV rahbari Rossiya ishtirokida G8 formatiga qaytishga qarshi chiqdi. Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp bunga chaqirgan edi. Germaniya Tashqi ishlar vazirligi ham buni rad etdi.
Fransiya tashqi ishlar vaziri Jan-Noel Barro Rossiya ishtirokida G8 formatiga qaytish g‘oyasiga qo‘shilmaydi. Bu so‘zlarni siyosatchi 16 fevral, yakshanba kuni Fransiyaning LTI telekanaliga bergan intervyusida aytdi.
«Bugun buni tasavvur qilib bo‘lmaydi», dedi Barro. Uning so‘zlariga ko‘ra, «Katta yettilik» «eng yirik va rivojlangan demokratik davlatlar»ni birlashtirgan bo‘lsa, Rossiya «kamroq demokratiyaga o‘xshab ketmoqda».
Shu bilan birga, Barroning so‘zlariga ko‘ra, agar Ukrainada «adolatli va mustahkam tinchlik»ga erishilsa, Moskva ishtirokida G8 formatiga qaytish imkoniyatini inkor etib bo‘lmaydi.
Donald Tramp - Rossiyaning G8'ga qaytishi tarafdori
AQSh prezidenti Donald Tramp 13 fevral kuni Rossiya ishtirokida G8 formatiga qaytish tarafdori ekanini aytdi. U 1997 yildan 2014 yilgacha G8 a’zosi bo‘lgan. Qrimdagi voqealardan keyin birlashma G7 formatida ishlashda davom etdi.
Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok Trampning taklifiga qarshi chiqdi. Uning ta’kidlashicha, «agar biz hammamiz tinchlik yo‘liga qaytsak va bu bosqinchilik siyosati o‘zgarsa, bu, albatta, turli sohalarda hamkorlikni qayta tiklashimiz mumkinligini anglatadi».
Mavzuga oid
09:45
Fransiyada Shengen vizasi olish tartibi o‘zgardi
08:17 / 30.06.2026
Saida Mirziyoyeva: Fransiya bilan strategik sheriklik yanada mustahkamlanadi
20:54 / 28.06.2026
Fransiyada parashyutchilar maktabiga qarashli samolyot qulashi oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi
10:27 / 27.06.2026