Ukrainada ulkan miqdorda öta nodir va muhim yerosti minerallari konlari mavjud, ammo ularning köpçiligi Rossiya qöşinlari bosib olgan hududlarda joylaşgan. Trampning sözlariga köra, AQŞ rahbariyati Rossiyaga qarşi uruşda ularni qöllab-quvvatlaşi uçun Ukraina bu resurslarni berişi kerak.

«Men Ukrainaga 500 mlrd dollarga yaqin ekvivalentidagi nodir yerosti metallarini qölga kiritişni istayotganimni aytdim, ular mohiyatan bunga rozi bölişdi», degandi Tramp 10 fevral kuni Fox News muxbiri Bret Bayyerga.

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy avval bu taklifni «jiddiy emas» deb baholadi, «mamlakatni sota olmasligi»ni bildirdi, Ammo sönggi haftalarda AQŞning Kiyevga bosimi tobora ortib bora boşlagaç, Zelenskiy 26 fevralda bu böyiça kelişuv muhokama qilinayotgani va AQŞ yordamini davom ettiriş uçun bu bitim muhim ekanini bildirdi.

Trampning taklifi AQŞ uçun Ukraina foydali qazilmalari ahamiyati neçoğlik muhim ekanini körsatmoqda. Lekin bu metallar AQŞga nega kerak va nima bera oladi? BBC şu savollarga javob izladi.

Donetsk va Luhansk oblastlaridagi Belokuzminovka bör qoyalari Ukrainadagi eng qimmatli minerallarning uyidir.

Nodir metallar nima özi va nega ular muhim?

Nodir yerosti metallari — bu kimyoviy jihatdan öxşaş 17 ta unsur uçun umumiy termin bölib, ular yuqori texnologiyali işlab çiqariş va sanoat da keng qöllanadi. Ular smartfonlar, kompyuterlar, tibbiy jihozlar va harbiy texnologiyalar işlab çiqarişda muhim ahamiyatga ega.

Nodir metallar tarkibiga skandiy (Sc), ittriy (Y), lantan (La), seriy (Ce), prazeodim (Pr), neodim (Nd), prometiy (Pm), samariy (Sm), yevropiy (Eu), gadoliniy (Gd), terbiy (Tb), disproziy (Dy), holmiy (Ho), erbiy (Er), tulliy (Tm), itterbiy (Yb) va lyutetsiy (Lu) kiradi.

Uşbu metallar «nodir» deb atalişining sababi — garçi ular butun Yer şarida tarqalgan bölsa ham, ularni sof holda topiş qiyin, aksar hollarda radioaktiv elementlar (masalan, toriy va uran) bilan birga uçraydi. Şu sababli, ularni ajratib oliş uçun yuqori texnologiyali va ekologik jihatdan xavfli zaharli kimyoviy moddalar talab etiladi. Bu esa qazib oliş jarayonini murakkab va qimmat qiladi.

Ukraina hududida qanday minerallar mavjud?