Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Serbiyada muxolifat parlament yig‘ilishida tutun chiqaradigan shashkalarni uloqtirdi. Uch deputat jarohat oldi
Muxolifat vakillari parlament yig‘ilishini to‘xtatish uchun tartibsizlik uyushtirdi. Oqibatda uch nafar ayol deputat jarohat oldi - ulardan birining sakkiz oylik homilasi bor.
Belgradda Serbiya parlamenti yig‘ilishida muxolifat deputatlari tartibsizlik uyushtirdi, deb xabar beradi Danas nashri.
Qayd etilishicha, 4 mart kuni muxolifat vakillari deputatlar tomonidan kun tartibining qabul qilinishiga norozilik bildirib, majlisni to‘xtatishga uringan. Ular spiker Ana Brnabich oldiga borayotganida qo‘riqchilar tomonidan to‘xtatilgan.
Bunga javoban muxolifat «Serbiya tuzumni ag‘darish uchun qo‘zg‘almoqda» degan bannerlarni yoygan va tutun hosil qiladigan shashkalarni uloqtirgan.
Spikerning so‘zlariga ko‘ra, tartibsizliklar oqibatida uch nafar ayol deputat jarohat olgan: Yasmina Obradovich, Yasmina Karanets va Sanya Ilich. Obradovich insultni boshdan o‘tkazgan. Hozirda tibbiyot xodimlari uning hayoti uchun kurashmoqda. Karanets boshidan jarohat olgan. Uchinchi jabrlanuvchining sakkiz oylik homilasi bor.
Serbiyada 2024 yil kuzidan beri norozilik namoyishlari davom etmoqda, bunga Novi-Saddagi markaziy vokzalning yangi ta’mirdan chiqarilgan binosida beton soyabon qulab tushgani sabab bo‘lgan. Hodisa oqibatida 15 kishi halok bo‘lgan edi.
Fojiali voqeadan ko‘p o‘tmay Belgradda norozilik namoyishlari boshlandi, vaqt o‘tishi bilan ular Serbiyaning boshqa shaharlariga ham tarqaldi. Ularning ishtirokchilari aybdorlarning jazodan qutulib qolishiga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirdi. Namoyishchilar Novi-Sad meri va mamlakat bosh vaziri Milosh Vuchevichning iste’fosini talab qildi.
Mavzuga oid
08:35 / 06.06.2026
Serbiyada og‘ir vaziyatda qolgan fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi
15:00 / 03.06.2026
Belgraddagi global konferensiyada O‘zbekistonning gender tenglik borasidagi tajribasi taqdim etildi
22:15 / 18.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Serbiya prezidenti bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi
08:58 / 13.05.2026