Isroil Mudofaa armiyasi G‘azo sektorida yangi yer usti operatsiyasi boshlanganini e’lon qildi
TsAXAL operatsiyasining maqsadi xavfsizlik hududini kengaytirish va G‘azo sektori shimoli hamda janubi o‘rtasida qisman bufer yaratishdan iborat.

Foto: Reuters
Isroil Mudofaa armiyasi (TsAXAL) G‘azo sektori markaziy va janubiy qismlarida «aniq maqsadli yer usti harakatlari»ni boshlaganini ma’lum qildi.
Yer usti harakatlari doirasida isroillik harbiylar G‘azo sektoridagi Netsarim koridori markazigacha bo‘lgan nazoratini kengaytirdi. Ushbu koridor Isroilning janubidagi Beeri hududidan to dengiz sohiligacha borib, anklavning shimoliy qismini janubidan ajratib turadi.
TsAXAL operatsiyasining maqsadi xavfsizlik hududini kengaytirish va G‘azo sektori shimoli hamda janubi o‘rtasida qisman bufer yaratishdan iborat. 2023 yil 7 oktyabrda HAMAS hujumining ortidan G‘azo sektorida boshlangan yer usti operatsiyasida faol ishtirok etgan «Golani» brigadasi Janubiy qo‘mondonlik hududiga joylashtiriladi va G‘azo sektoridagi operatsiyalarga tayyor holatda qoladi.
Yanvar o‘rtalarida Isroil va HAMAS vaqtinchalik sulhga erishgan edi — uning doirasida 33 nafar garovdagi isroillik qariyb 2 ming falastinlik mahbus evaziga ozod etildi. Isroil harbiylarining Netsarim koridoridan olib chiqib ketilishi kelishuv shartlaridan biri edi. Sulhning 42 kun davom etgan birinchi bosqichi 1 mart kuni yakunlandi. Shundan keyin uni uzaytirish bo‘yicha kelishuvga erishilmadi. HAMAS qo‘lida hozirda 59 nafar isroillik garovda qolmoqda. Isroil Mudofaa armiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, ularning kamida 35 nafari vafot etgan. 18 martga o‘tar kechasi Isroil G‘azo sektorida ikki oylik sulhdan keyin jangovar harakatlarni qayta boshladi.
O‘z navbatida Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu hukumat «urush maqsadlariga erishish va G‘azo hududi tahdid tug‘dirmasligini ta’minlash uchun kurash olib borishini» ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Isroilning G‘azo sektoriga zarbalari «faqat boshlanishi» bo‘lib, ular «garovga olinganlarni ozod qilish uchun zarur».
Tavsiya etamiz
Putin Rossiya Odessaga da’vo qilmasligi shartini aytgan – «Kommersant»
Jahon | 22:26 / 19.03.2025
Qozog‘istonda amaldorlar qamoqxonalarga ekskursiyaga olib borilmoqda
Jahon | 18:16 / 19.03.2025
Tramp: «Ukrainaga bosim o‘tkazishga majbur bo‘lgandik»
Jahon | 20:53 / 18.03.2025
Temu O‘zbekistonda yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tdi
O‘zbekiston | 20:25 / 18.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yevropa Ittifoqi mudofaa tayyorgarligini oshirish bo‘yicha ishlarni tezlashtiradi
Jahon | 14:59
-
O‘zbekiston va Fransiya Afg‘oniston yo‘nalishidagi hamkorlikni muhokama qildi
O‘zbekiston | 13:53
-
Simulyatsiya va foydalanilmagan penalti - Masharipov va Shomurodovning Qirg‘izistonga qarshi o‘yindan keyingi fikrlari
Sport | 13:52
-
«Eronni yutsak, JCh-2026ga chiqish masalasini 99 foizga hal qilamiz» - Shomurodov va Masharipov muhim g‘alaba va Tehrondagi o‘yin haqida
Sport | 13:39
Mavzuga oid

10:32
Isroil vazirlar mahkamasi "Shabak" maxsus xizmati rahbarini ishdan bo‘shatishni ma’qulladi

08:51
Isroil Rafahda janglarni qayta boshladi

16:56 / 20.03.2025
G‘azo sektorida yana urush. Endi Isroil uni butunlay bosib olishi mumkin

05:34 / 19.03.2025