Jahon | 12:27 / 20.03.2025
1660
2 daqiqa o‘qiladi

Serbiya parlamenti bosh vazir Vuchevichning iste’fosini ma’qulladi

Serbiya yangi hukumati va uning rahbari skupshchina bosh vazir Vuchevichning iste’fosini ma’qullaganidan keyin 30 kun ichida tayinlanishi kerak. Aks holda, mamlakatda muddatidan oldin saylovlar o‘tkazilishi lozim.

Milosh Vuchevich Foto: Predrag Milosavljevic/Xinhua/picture alliance

Serbiya parlamenti mamlakat bosh vaziri Milosh Vuchevichning iste’fosini ma’qulladi, deb xabar berdi Rs davlat teleradiokompaniyasi 19 mart, chorshanba kuni. Endi navbatdagi saylovlar o‘tkazilmasligi uchun yangi bosh vazir va hukumat keyingi 30 kun ichida, ya’ni 18 aprel yarim tungacha tayinlanishi kerak.

Serbiya Milliy skupshchinasi spikeri Ana Brnabichning so‘zlariga ko‘ra, keyingi tegishli choralar mamlakat prezidenti Aleksandr Vuchich zimmasida bo‘lib, u bosh vazir lavozimiga yangi nomzodni taklif qilishi kerak.

Serbiyadagi namoyishlar fonida iste’fo

Vuchevich iste’foga chiqishini yanvar oyi oxirida hukmron Serbiya progressiv partiyasi (SNS)ga aloqador bir guruh bezorilar Serbiyaning Novi-Sad shahrida faol talabalarga hujumi ortidan e’lon qilgan edi. 2024 yilning noyabr oyida ushbu shahardagi temiryo‘l vokzalida beton soyabon qulashi oqibatida 15 kishi halok bo‘lgan va bu butun mamlakat bo‘ylab ommaviy noroziliklarni keltirib chiqargan edi.

Ayrim kuzatuvchilar fikricha, Serbiya parlamentiga bosh vazirning iste’fosini ma’qullash uchun yetti hafta vaqt ketgani Vuchich vaqtni yutmoqchi bo‘lib, yangi hukumatni shakllantirish yoki yangi parlament saylovlarini o‘tkazish bo‘yicha qarorni kechiktirishni xohlaganidan dalolat beradi, deb yozadi dpa.

Mavzuga oid