Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namangandagi metan zapravkada Damas yonib ketdi
Viloyat FVB holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilayotganini ma’lum qildi.
Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Davlatobod tumanidagi zapravkada yuz bergan yong‘in to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 25 mart kuni soat 17:58 da Davlatobod tumani «Nurobod» MFY Ququmboy shohko‘chasida joylashgan avtomobillarga gaz quyish shoxobchasida Damas rusumli avtomobilda yong‘in sodir bo‘lgani to‘g‘risida FVBga xabar kelib tushgan.
Shunga asosan, yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 18:03 da hodisa joyiga yetib borgan va soat 18:06 da yong‘in bartaraf etilgan.
Yong‘in oqibatida Damas avtomobili to‘liq yonib zararlangan.
«Yong‘in oqibatida kuyib, tan jarohati olgan va vafot etganlar kuzatilmadi. Hozirda sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda», — deyiladi xabarda.
Avvalroq Andijondagi zapravkada avtomobil gazballoni portlab ketishi oqibatida ikki kishi jarohat olgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
20:20 / 23.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Namangan xalqaro gullar festivalining mehmoni bo‘ldi
17:48 / 23.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatini rivojlantirish bo‘yicha muhim topshiriqlar berdi
14:38 / 23.06.2026
Namanganda sun’iy intellekt sohasidagi loyihalar taqdim etildi
13:53 / 23.06.2026