Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jizzax viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida faoliyat yuritib kelgan Shuhrat Jo‘rayev Jizzax viloyati hokimiga o‘rinbosar bo‘ldi.
Foto: Jizzax viloyati hokimli
Shuhrat Jo‘rayev Jizzax viloyati hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi. Bu haqda Jizzax viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Shuhrat Jo‘rayev 1968 yilda Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida tug‘ilgan. Tayinlovga qadar Favqulodda vaziyatlar vazirligida faoliyat yuritgan.
Jo‘rayevdan oldin mazkur lavozimda Hamid Hasanov ishlab kelayotgan edi. Qayd etilishicha, u 2025 yil 3 martda lavozimdan olingan.
Eslatib o‘tamiz, 2024 yil dekabr oyida Zafar Azimov Jizzax viloyati hokimining iqtisod masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, Muqaddam Qashqadaryo viloyati hokimi bo‘lgan Zafar Ro‘ziyev esa viloyat hokimining qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan edi.
Mavzuga oid
08:39 / 18.03.2026
Jizzaxda klaster fermerlarni “yutib yuboryapti” - hisob hozircha 195:0
18:06 / 17.03.2026
Jizzax va Andijonda YPX xodimlari qo‘lga olindi
17:47 / 17.03.2026
Jizzaxdagi xususiy bog‘chada basseynga cho‘kib o‘lgan bola ishi bo‘yicha hukm o‘qildi
20:37 / 16.03.2026