Ramzon Qodirovning voyaga yetmagan o‘g‘li Checheniston Xavfsizlik kengashi kotibi lavozimini egalladi
17 yoshli Adam Qodirov yangi lavozimga tayinlandi - endi u Xavfsizlik kengashi kotibi. 2024 yil iyuldan beri mazkur lavozimni Checheniston yetakchisining jiyani egallab kelayotgandi.

Foto: Kommersant’
Checheniston yetakchisining 17 yoshli o‘g‘li Adam Qodirov yana bir lavozimga tayinlandi, deb xabar beradi «Kommersant».
Endi u Checheniston Xavfsizlik kengashi kotibi lavozimida faoliyat yuritadi.
Adam Qodirov Xavfsizlik kengashida lavozimga aynan qachon tayinlangani noma’lum. 2024 yil iyuldan beri mazkur lavozimni Checheniston yetakchisining jiyani Hamzat Qodirov egallab kelayotgandi.
2023 yil noyabrda, Adam Qodirov 15 yoshligida Checheniston rahbarining xavfsizlik xizmati boshlig‘i etib tayinlangan edi. 2025 yil aprel boshlarida Ramzon Qodirovning o‘g‘li IIVning Checheniston bo‘yicha boshqarmasi kuratoriga aylangandi.
Bundan tashqari, u Vladimir Putin nomidagi Rossiya maxsus kuchlari universitetini, shuningdek, Shayx Mansur nomidagi RF Mudofaa vazirligi bataloni va Baysangur Benoyevskiy nomidagi Rosgvardiya batalonini nazorat qiladi.
2023 yil yozida Adam Qodirov tergov izolyatorida Qur’onni yoqib yuborgan Nikita Juravelni kaltaklagandi. Shundan so‘ng u bir qancha mukofotlarga sazovor bo‘ldi, xususan, Adamga Checheniston Qahramoni unvoni ham berildi.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ukrainalik bolalar dam olish va reabilitatsiya uchun O‘zbekistonga keldi
O‘zbekiston | 16:42
-
Gaz va elektr kompensatsiyasi uchun ariza qabul qilish jarayoni boshlandi
O‘zbekiston | 16:33
-
Milliy jamoa a’zolariga BYD avtomobillari topshiriladi
Sport | 16:14
-
To‘qimachilik sohasidagi ayrim korxonalar pokistonliklar boshqaruviga berilishi mumkin
O‘zbekiston | 15:44
Mavzuga oid

18:00 / 05.06.2025
Moskvada o‘g‘irlab ketilgan blogerga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

18:07 / 04.06.2025
Moskva markazida chechenlar odam o‘g‘irlashdi

20:04 / 08.05.2025
Putin Ramzan Qodirovning iste’foga chiqishiga ruxsat bermadi

18:15 / 06.05.2025