BMT Boş assambleyasi Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan işlab çiqilgan «Markaziy Osiyo global iqlim tahdidlari qarşisida: barqaror rivojlaniş va farovonlik yölida mintaqaviy birdamlikni mustahkamlaş» rezolyutsiyasini bir ovozdan qabul qildi.
«Dunyo» xabariga köra, rezolyutsiya matnini işlab çiqiş va kelişiş böyiça hukumatlararo muzokaralar jarayoni BMTning Nyu-Yorkdagi qarorgohida joriy yilning oktyabr-noyabr oylarida bölib ötdi. Maslahatlaşuvlarda dunyoning barça qit’alaridan, jumladan AQŞ, Rossiya, Xitoy, Yevropa Ittifoqi, Fransiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Kanada, Avstraliya, Saudiya Arabistoni, Misr, Argentina, Braziliya, Meksika kabi yuzdan ortiq davlatlarning ekspertlari faol iştirok etdi. Ular, şuningdek, matnni öziga xos mazmun bilan töldiriş va umumiy konsensusga erişiş uçun köplab takliflarni kiritdi.
Hujjat matnida Özbekiston prezidentining qator taşabbuslari, jumladan, «Markaziy Osiyo uçun «yaşil» kun tartibi» va uning mintaqada barqaror rivojlanişga kömaklaşişdagi roli alohida qayd etilgan. Rezolyutsiyada BMTga a’zo davlatlar Özbekistonning Xalqaro iqlim forumini 2024 yilda Samarqand şahrida ötkaziş taşabbusini ham olqişladi.
Orol dengizining qurişi oqibatlarini yumşatiş borasidagi sa’y-harakatlarga e’tibor qaratilib, Özbekiston prezidenti taşabbusi bilan taşkil etilgan BMTning Orolböyi mintaqasi uçun Inson xavfsizligi böyiça köp tomonlama şeriklik trast jamğarmasi faoliyatini kuçaytiriş zaruriyati alohida ta’kidlangan. Şu bois, xalqaro hamjamiyatga uşbu jamğarmani faol qöllab-quvvatlaşni davom ettiriş töğrisida murojaat yöllangan.
Hujjatda çöllaniş va yerlarning degradatsiyasiga qarşi kuraşda innovatsion usullar va yangi texnologiyalarni joriy etiş muhimligi qayd etilgan.
Rezolyutsiyada Markaziy Osiyoda iqlim va ekologik tahdidlarga samarali qarşi kuraşiş maqsadida barqaror qişloq xöjaligi, boğdorçilik, suv resurslaridan oqilona foydalaniş, energiya samaradorligi, çiqindilarni qayta işlaş, barqaror turizmni rivojlantiriş, «aqlli şaharlar» va barqaror transportni yaratiş böyiça aniq vazifalar belgilangan.
Boş assambleya, şuningdek, BMT tizimi, xalqaro va moliyaviy institutlar, xususiy sektor, investorlar va donorlarga Markaziy Osiyodagi ekologik muammolarni hal qiliş uçun resurslarni safarbar etiş, salohiyatni oşiriş va yordam körsatişni davom ettirişni tavsiya qildi.
Rezolyutsiyada Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston va Turkmanistonning atrof-muhitni muhofaza qiliş sohasidagi taşabbuslari ham bayon etilgan.
Hujjat barça Markaziy Osiyo davlatlari nomidan taqdim etildi.








