Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kuvayt Sirdaryoda tibbiyot yo‘nalishida loyihani amalga oshiradi
O‘zbekistonning Kuvaytdagi elchixonasi ko‘magida kuvaytlik ishbilarmon doir vakillarining Sirdaryo viloyatiga biznes-missiya tashkil etildi.
Kuvayt biznesi vakillari safar davomida Sirdaryo viloyati Boyovut tumani hokimi Dilfuza Uralova bilan muzokara o‘tkazdi.
Do‘stona ruhda o‘tgan muloqot davomida ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari, xususan, tibbiyot sohasida investitsion loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar o‘zaro manfaatli aloqalarni rivojlantirish, zamonaviy tibbiy xizmatlar ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytirish, eng asosiysi, yangi ish o‘rinlarini yaratish orqali hudud aholisi farovonligini oshirishga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini bildirdi.
Uchrashuv yakunida istiqbolli loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.
Mavzuga oid
08:55 / 06.06.2026
Eron Kuvayt va Bahrayn tomon yettita ballistik raketa uchirdi
08:51 / 04.06.2026
Kuvaytda Eron hujumi oqibatida 1 kishi vafot etdi, o‘nlab insonlar jarohatlangan
12:06 / 03.06.2026
AQSh va Eron o‘rtasida zarbalar almashinuvi davom etmoqda
13:52 / 01.05.2026