Nyu-York meri saylovi böyiça praymerizda ğolib çiqqan Demokratik partiyadan musulmon nomzod Zohran Mamdaniy AQŞ Kongressi Vakillar palatasi tomonidan qabul qilingan, avvalroq prezident Donald Trampning saylovoldi kampaniyasi davomida va’da qilingan «Katta ajoyib qonun» loyihasini tanqid qildi.
X ijtimoiy tarmoğida e’lon qilingan bayonotda Mamdaniy qonun loyihasini «talonçilik» deb atagan.
Mamdaniyning aytişiça, qonun jamiyatning boylar qatlami manfaati uçun qabul qilingan.
«Tramp va Kongressdagi respublikaçilar AQŞ tarixidagi eng katta talon-torojliklardan birini amalga oşirişga harakat qilmoqda. «Katta ajoyib qonun» deb atalmiş talonçilik. Va uni milliarderlar sinfi va ularning siyosatçilari olğa surmoqda», — deya ta’kidladi siyosatçi.
AQŞ Senati tomonidan ma’qullanganidan keyin Vakillar palatasi ham prezident Donald Tramp va’da qilgan soliq imtiyozlarini amalga oşirişni nazarda tutuvçi qonun loyihasini qabul qildi.
«Katta ajoyib qonun» deb nom olgan hujjat Kongress quyi palatasida 218 ta ovoz bilan ma’qullandi.












