O‘zbekiston | 07:45 / 04.07.2025
4834
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada vafot etgan O‘zbekiston fuqarosining jasadi vatanga olib kelindi

Shuningdek, uning turmush o‘rtog‘i va bir nafar farzandi Kaliningrad-Moskva-Toshkent yo‘nalishi orqali bir vaqtning o‘zida O‘zbekistonga qaytarildi.

Rossiyada vafot etgan O‘zbekiston fuqarosining jasadi vatanga olib kelindi. Bu haqda Migratsiya agentligining RFdagi vakolatxonasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Migratsiya agentligining Rossiya Federatsiyasidagi vakolatxonasiga fuqaro I.Y.ning vafot etgani va marhumning jasadini vatanga qaytarishda amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan murojaat kelib tushdi.

Vakolatxona tomonidan zudlik bilan tegishli chora-tadbirlar ko‘rilgan. Marhumning jasadi, shuningdek, uning turmush o‘rtog‘i va bir nafar farzandi Kaliningrad—Moskva—Toshkent yo‘nalishi orqali bir vaqtning o‘zida O‘zbekistonga qaytarilgan.

«Migratsiya agentligi fuqarolarimizga chet elda ham munosib yordam ko‘rsatish, ularning muammolariga befarq qolmaslik tamoyiliga sodiq qolgan holda, marhumning yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi va zarur amaliy yordamni ko‘rsatishda davom etadi», — deyiladi xabarda.

Avvalroq Migratsiya agentligi agar O‘zbekiston fuqarosi xorijda vafot etgan bo‘lsa, Migratsiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan yurtga olib kelinishini ma’lum qilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid