O‘zbekiston | 14:03 / 09.07.2025
3222
2 daqiqa o‘qiladi

5,2 mingta mahallada o‘tgan 6 oyda birorta jinoyat sodir bo‘lmadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 8 iyul kuni mahallada jinoyatchilikni jilovlash va qonun ustuvorligini ta’minlash chora-tadbirlariga oid taqdimot bilan tanishdi. 

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘tgan olti oyda har bir viloyat, tuman va mahalla bo‘yicha manzilli “yo‘l xaritalari” asosida ijtimoiy profilaktikaning samarali tizimi yo‘lga qo‘yildi, jamoat joylarini raqamlashtirish qamrovi oshirildi, huquq-tartibot oliygohlari tomonidan ilmiy-amaliy o‘rganishlar o‘tkazildi

Alohida e’tibor voyaga yetmaganlar, yoshlar, ayollar va oila-turmush munosabatlari doirasidagi jinoyatchilikni jilovlashga qaratildi. Buning natijasida 5 200 ta mahallada birorta ham jinoyat bo‘lmadi.

Lekin bu borada kriminogen vaziyati og‘ir mahallalar hali ham bor. Profilaktika inspektorlari, tezkor-qidiruv, patrul-post va qo‘riqlash xizmati faoliyatini kuchaytirib, aholi xavfsizligini joylarda ta’minlash shartligi qayd etildi. Butun tizimni pastga tushirib, har bir mahallani “jinoyatchilikdan xoli hudud”ga aylantirish zarurligi ta’kidlandi.

Aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida giyohvandlik holatlari ko‘p uchrab turibdi. Bunga qarshi kurashilayotgan, zararli vositalar va laboratoriyalar yo‘q qilinayotgan bo‘lsa-da, muammo to‘la bartaraf bo‘lmagan. Shu bois videokuzatuv kameralari va sun’iy intellektni qo‘llab, giyohvandlik moddalari tarqalishini aniqlash, manbasini tag-tomiri bilan yo‘q qilish kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid