Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Temiryo‘l infratuzilmasi xavfsizligiga qo‘yiladigan talablar belgilandi
Hukumat qarori bilan “Temiryo‘l transporti infratuzilmasi xavfsizligi to‘g‘risida”gi texnik reglament tasdiqlandi.
Reglament umumiy foydalanishdagi va umumiy foydalanishda bo‘lmagan temiryo‘l transporti infratuzilmasiga nisbatan qo‘llanadi.
Konstruktorlik hujjatlariga muvofiq temiryo‘l mahsuloti u ishlab chiqarilgan yildan qat’i nazar temiryo‘l mahsulotini identifikatsiyalashni ta’minlaydigan quyidagi tamg‘aga ega bo‘lishi kerak:
▪️ muvofiqlik belgisi;
▪️ raqam;
▪️ ishlab chiqaruvchining yorlig‘i;
▪️ ishlab chiqarilgan sana;
▪️ rezervuarlar va nazorat moslamalari tekshirishdan o‘tkazilganligi bo‘yicha ma’lumotlar.
Temiryo‘l mahsulotining muvofiqligini majburiy tasdiqlash quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
🔹 majburiy sertifikatlash;
🔹 muvofiqlik to‘g‘risida deklaratsiyani qabul qilish.
Muvofiqlik sertifikatining amal qilish muddati:
➖ mahsulot partiyasi - mahsulotning yaroqlilik yoki kafolat muddatidan;
➖ seriyali ishlab chiqariladigan mahsulotga - 3 yildan oshmasligi kerak.
Mavzuga oid
23:09 / 04.07.2026
Zarafshon daryosi “chegaradan chiqdi”: temiryo‘l loyihasida bu hisobga olinmaganmi?
19:25 / 03.07.2026
“Zarafshon daryosida suv sarfi keskin oshgani sabab bo‘ldi” – Samarqandda temiryo‘l o‘tkazilgan damba o‘pirilganiga izoh berildi
15:39 / 03.07.2026
Samarqandda temiryo‘l o‘tkazilgan damba o‘pirildi
11:20 / 01.07.2026