Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya harbiy brigadalardan birini migrantlar bilan to‘ldirdi – DeepState
Ukrainada jang qilayotgan 132-son alohida motoo‘qchi brigada Markaziy Osiyo mamlakatlaridan kelgan noqonuniy migrantlar bilan ommaviy ravishda to‘ldirilayotgani ta’kidlanmoqda.
Rossiyaning Ukrainada jang qilayotgan 132-son alohida motoo‘qchi brigadasi Donetsk viloyatining vaqtincha bosib olingan qismi aholisi va noqonuniy migrantlar bilan to‘ldirilgan. Bu haqda DeepState loyihasi tahlilchilari xabar berdi.
Qayd etilishicha, 132-son brigada avvaldan Donetsk viloyati aholisidan iborat edi, endi asosan Markaziy Osiyo mamlakatlaridan kelgan noqonuniy migrantlar bilan ommaviy ravishda to‘ldirilmoqda.
«Rossiya qo‘mondonligi ularga yaqin kelajakda Dobropolning sharqiy chekkalariga chiqish vazifasini qo‘ydi», dedi tahlilchilar.
DeepState ta’kidlashicha, 132-son brigada 2014 yilda Donetsk viloyatining bosib olingan hududlaridan kelgan marginallar va jinoyatchilardan tashkil qilingan edi.
DeepState - Ukrainadagi jangovar harakatlarning tezkor vizualizatsiyasini ta’minlaydigan, tasdiqlangan manbalarga asoslangan va Mudofaa vazirligi bilan yaqin aloqada bo‘lgan mustaqil OSINT resurs hisoblanadi.
Mavzuga oid
18:44 / 14.06.2026
Ukraina dronlari Rossiyaning kamida 14 regioniga hujum qildi
22:29 / 13.06.2026
O‘zbekiston va Shvetsiya o‘rtasida ilk bor migratsiya sohasida bitim va qo‘shma deklaratsiya imzolandi
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
23:16 / 12.06.2026