Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeI kengashi Ukrainaga 3,2 mlrd yevro ajratishni ma’qulladi
Kiyev barcha shartlarni bajarmagani uchun Yevropa Ittifoqidan Ukraine Facility mexanizmi doirasida qisqartirilgan shaklda yangi yordam transhini oladi.
Ukraina Ukraine Facility Yevropa yordam mexanizmi doirasida 3,2 milliard yevro miqdoridagi to‘rtinchi transhni oladi, deb xabar berdi Yevropa Ittifoqi kengashi 8 avgust, juma kuni. Yevropa Ittifoqi eslatganidek, ushbu dastur doirasida moliyalashtirish birinchi navbatda Ukrainaning makromoliyaviy barqarorligini mustahkamlash va uning davlat organlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
Ukraine Facility qo‘llab-quvvatlash mexanizmi 2024 yildan 2027 yilgacha mo‘ljallangan bo‘lib, YeIga Ukrainaga shu davrda 50 milliard yevrogacha «barqaror va oldindan taxmin qilinadigan moliyaviy yordam» ko‘rsatish imkonini beradi, deya xabar qilingan Yevrokomissiya saytida.
Bungacha YeI Ukrainaga oraliq moliyalashtirish ko‘rinishida 6 mlrd yevro, avans moliyalashtirish ko‘rinishida 1,89 milliard yevro hamda 4,2 milliard, 4,1 milliard va 3,5 milliard yevrolik uchta transh ajratgan edi, deya eslatib o‘tgan YeI kengashi.
Ukraine Facility mexanizmi bo‘yicha to‘lovlar Ukrainaning muayyan tiklanish va islohot rejasini amalga oshirishi, shuningdek, demokratik mexanizmlar, qonun ustuvorligi va inson huquqlarini qo‘llab-quvvatlashi bilan chambarchas bog‘liq, deya ta’kidlaydi Yevropa komissiyasi. Ukrainaga to‘lovlar har chorakda Yevropa komissiyasi shartlar bajarilganini tekshirganidan so‘ng amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
18:44 / 14.06.2026
Ukraina dronlari Rossiyaning kamida 14 regioniga hujum qildi
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
23:16 / 12.06.2026
Yevropa Ittifoqi Ukraina va Moldova a’zoligi bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi
17:21 / 12.06.2026