Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy Chexiya prezidenti bilan munosabatlarni uzdi
Ta’kidlanishicha, Chexiya prezidentining Hindistonda dalay-lama bilan uchrashishi Xitoy suvereniteti va hududiy yaxlitligiga putur yetkazgan.
Chexiya prezidenti Petr Pavel Hindistonda dalay-lama XIV bilan uchrashganidan so‘ng Xitoy Chexiya yetakchisi bilan munosabatlar uzilganini e’lon qildi. Xitoy tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Lin Tszyanning bildirishicha, Chexiya prezidentining bu harakati Xitoy suvereniteti va hududiy yaxlitligiga putur yetkazgan.
“Xitoyning ko‘p marta qarshilik qilishiga qaramasdan, Chexiya prezidenti Petr Pavel dalay-lama bilan uchrashish uchun Hindistonga bordi. Bu Chexiya hukumatining Xitoy hukumati oldidagi siyosiy majburiyatlariga zid bo‘lib, Xitoy suvereniteti va hududiy yaxlitligiga putur yetkazadi”, — deb ta’kidladi Lin Tszyan.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Xitoy bunday uchrashuvlarni qoralaydi va keskin qarshi chiqadi hamda Chexiyaga protest bildiradi.
Pekin Tibetni o‘z hududining ajralmas qismi deb hisoblashi sababli dalay-lamani tasdiqlash o‘zining istisnosiz huquqi ekanligini ta’kidlab keladi.
Xitoy hukumatining bildirishicha, dalay-lamani saylash jarayoni Xitoyning Tibet muxtor tumanida o‘tkazilishi shart. Tibet Xitoy tarkibida muxtoriyat maqomiga ega.
Mavzuga oid
17:53
Xitoy Tinch okeanida uzoq masofali ballistik raketasini sinovdan o‘tkazdi
20:57 / 02.07.2026
Pekindagi osmono‘par binoga urilgan samolyot uchuvchisi ruhiy kasal bo‘lgani aytildi
17:41 / 30.06.2026
Qoshg‘ar: O‘zbek mahallalarini eslatuvchi qadimiy shahar
18:38 / 26.06.2026