Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
KXDR Janubiy Koreya bilan munosabatlarni yaxshilashdan manfaatdor emas
Kim Chen Inning singlisi bu bo‘yicha keskin bayonot berdi.
Foto: Global Look Press/Inter-Korean Summit Press Corps
KXDR rahbari Kim Chen Inning singlisi, Koreya Mehnat partiyasi Markaziy Qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari Kim Yo Chjon Pxenyan Janubiy Koreya bilan munosabatlarni yo‘lga qo‘yishni istamasligini ma’lum qildi.
«Biz AQSh sodiq xizmatkori va sodiq ittifoqchisi bo‘lgan Koreya Respublikasi [Janubiy Koreya] bilan munosabatlarni yaxshilashga bo‘lgan irodamizdan butunlay mahrum ekanimizni bir necha bor ta’kidladik va bu yakuniy pozitsiya va fikr bizning konstitutsiyamizda qayd etilgan», deyiladi Kim Yo Chjonning Markaziy axborot agentligi tomonidan e’lon qilingan bayonotida.
Uning ma’lum qilishicha, Janubiy Koreya matbuoti bayonotlariga zid ravishda, Shimoliy Koreya chegara hududlaridagi radiokarnaylarni demontaj qilmagan va buni amalga oshirish niyatida ham emas. Uning fikricha, Seulning KXDRga nisbatan siyosati ham o‘zgarmagan.
«Va 18 avgustdan boshlanadigan qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar Koreya Respublikasining dushmanlik kayfiyatini yana bir bor tasdiqlaydi», deb qo‘shimcha qildi Kim Yo Chjon.
Janubiy Koreya va AQSh 18-28 avgust kunlari Ulchi Freedom Shield 25 (UFS) keng ko‘lamli harbiy mashg‘ulotlarini o‘tkazishni rejalashtirmoqda.
Mavzuga oid
12:26 / 19.02.2026
Janubiy Koreya sobiq prezidenti Yun Sok Yol umrbod ozodlikdan mahrum etildi
20:42 / 16.02.2026
«Janubiy Koreya - Markaziy Osiyo» birinchi sammiti sanasi belgilandi
14:16 / 03.02.2026
O‘zbekistonliklar Janubiy Koreyaga vizani qanday olishlari mumkin?
15:32 / 02.02.2026