Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Alyaskadagi uchrashuvdan keyin yakuniy hujjat bo‘lmaydi – Kreml
Putin va Tramp kelishuvlar va anglashuvlar doirasini belgilab olishi ta’kidlanmoqda.
Kreml va Oq uy Rossiya va AQSh prezidentlari Vladimir Putin va Donald Trampning Alyaskadagi sammiti yakunlari bo‘yicha hech qanday hujjat tayyorlashni rejalashtirmayapti, dedi prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
«[Hujjat] kutilmayapti, hech narsa tayyorlanmagan. Bu yerda qandaydir hujjat bo‘lishi ham dargumon», dedi u jurnalistning savoliga javoban.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Putin va Tramp erishishga muvaffaq bo‘ladigan kelishuvlar va anglashuvlar doirasini belgilab oladi.
Ikki prezidentning shaxsiy uchrashuvi haqida 8 avgust kuni ma’lum bo‘ldi, Tramp uni AQSh prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff va Vladimir Putinning Moskvadagi uchrashuvidan keyin o‘tkazish niyatida ekanini ma’lum qildi.
Uchrashuv Alyaskaning eng yirik shahri Ankorijda bo‘lib o‘tadi va 16 avgust kuni Toshkent vaqti bilan taxminan 00:30 da boshlanishi kutilmoqda. Muzokaralarning markaziy mavzusi Ukrainadagi mojaroni hal qilish bo‘ladi.
Mavzuga oid
11:18
Sun’iy intellekt endi shunchaki texnologiya emas, u strategik qurol
00:49
Tramp Eron bilan kelishuv 14 iyun kuni imzolanishini ma’lum qildi
11:20 / 13.06.2026
Jeep bir milliondan ortiq avtomobilni qaytarib olmoqda
10:15 / 13.06.2026