Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Makron Rossiyani majburiyatlarni bajarmaslikda aybladi
Fransiya prezidenti Ukrainadagi tinchlik “xavfsizlik kafolatlari” bilan birga o‘rnatilishi kerakligini ta’kidladi.
Rossiya majburiyatlarni bajarmaslikka odatlangan, deb yozdi Fransiya prezidenti Emmanyuel Makron X tarmog‘ida.
“Oxirgi 30 yildan, xususan, Rossiyaning o‘z majburiyatlarini bajarmasligidan saboq chiqarish juda muhim”, — deyiladi uning Vladimir Putin va Donald Tramp uchrashuvi yakunlariga bag‘ishlangan postida.
Makron Ukrainadagi tinchlik “xavfsizlik kafolatlari” bilan birga o‘rnatilishi kerakligini ta’kidladi va tez orada “ko‘ngillilar koalitsiyasi” buni ta’minlash uchun uchrashuv o‘tkazishini bildirdi.
Uning qo‘shimcha qilishicha, AQSh bunga o‘z hissasini qo‘shish niyatida.
Mavzuga oid
12:11
Ukrainada saylov masalasi zimdan muhokama qilinmoqda. Zelenskiy yaqqol favorit emas
09:50
Rossiya tinchlik muzokaralarini kechiktirishi mumkin - FT
20:40 / 05.07.2026
Konstantinovka kimning qo‘lida – Donbassning strategik muhim shahridagi vaziyat haqida
09:59 / 05.07.2026