Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uitkoff: Rossiya va AQSh Ukrainaga xavfsizlik kafolatlari berish bo‘yicha kelishib oldi
Tramp Putin bilan muzokaralardan so‘ng, Fox News telekanaliga bergan intervyusida tomonlar “kelishuvga ancha yaqin” ekanini aytgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, endi Ukraina bunga rozi bo‘lishi kerak va hammasi “prezident Zelenskiyga bog‘liq”.
AQSh va Rossiya Ukrainaga xavfsizlik kafolatlari berish bo‘yicha kelishib oldi, deb ma’lum qildi AQSh prezidentining maxsus vakili Stiven Uitkoff.
Uning qo‘shimcha qilishicha, "endi hammasi Kiyevga bog‘liq".
Uitkoff shuningdek, dushanba kuni AQSh prezidenti Donald Tramp va Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy uchrashuvida Ukraina hududlari masalasi muhokama qilinishini aytdi.
18 avgust kuni Oq uyda Zelenskiyning Tramp bilan uchrashuvida Makron, Mers, Meloni va yevropalik boshqa yetakchilar ham ishtirok etadi.
Tramp Putin bilan muzokaralardan so‘ng, Fox News telekanaliga bergan intervyusida tomonlar “kelishuvga ancha yaqin” ekanini aytgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, endi Ukraina bunga rozi bo‘lishi kerak va hammasi “prezident Zelenskiyga bog‘liq”.
The New York Times nashrining yozishicha, Donald Tramp Yevropa yetakchilariga butun Ukraina Donbass hududini Rossiyaga topshirishi taklifi bilan chiqqan.
Mavzuga oid
00:49
Tramp Eron bilan kelishuv 14 iyun kuni imzolanishini ma’lum qildi
11:20 / 13.06.2026
Jeep bir milliondan ortiq avtomobilni qaytarib olmoqda
10:15 / 13.06.2026
AQSh Yevropa hududidan aviatashuvchi va suvosti kemasini olib chiqadi
09:45 / 13.06.2026