Jahon | 22:11 / 17.08.2025
3018
2 daqiqa o‘qiladi

Vuchich Serbiyada favqulodda holat joriy etilmasligini ma’lum qildi

Shu bilan birga, Serbiya prezidenti mamlakatda tartib o‘rnatish uchun qat’iy harakatlar amalga oshirilishini ta’kidladi.

Foto: TANЈUG/ ЈADRANKA ILIЋ

Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich mamlakatdagi ommaviy namoyishlarga javob tariqasida favqulodda holat joriy etilmasligini bildirdi. Bu haqda Rs  teleradiokompaniyasi xabar berdi.

«Bizda qonunga muvofiq ko‘rishimiz mumkin bo‘lgan ko‘plab choralar bor, bu - eng so‘nggi chora hisoblanadi. Biz bu chorani ko‘rib chiqmadik va ko‘rish niyatida emasman»,— dedi Serbiya prezidenti fuqarolarga murojaatida.

Shu bilan birga, u mamlakatda tartib o‘rnatish uchun qat’iy harakatlar amalga oshirilishini ta’kidladi. Aleksandr Vuchichning so‘zlariga ko‘ra, agarda keskin choralar ko‘rilmasa, «bir necha kun ichida qotilliklar avj olishi mumkin».

So‘nggi kunlarda Serbiya bo‘ylab tartibsizliklar yuz bermoqda. Muxolifat siyosiy partiyalar binolariga hujum uyushtirmoqda. Xabarlarga ko‘ra, tartibsizliklar chog‘ida o‘nlab kishilar hibsga olingan, politsiya xodimlari jarohatlangan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid