Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sojitz korporatsiyasi Toshkentdagi yangi xalqaro aeroportga 200 mln dollar investitsiya kiritadi
Yaponiyaning Sojitz korporatsiyasi O‘zbekistonga 1 mlrd dollar investitsiya kiritishni rejalashtiryapti. Xususan, Navoiy viloyatidagi shamol energetikasi loyihasi uchun 180 mln dollar, Samarqanddagi ko‘p tarmoqli xalqaro shifoxona loyihasi uchun 75 mln dollar, yangi aeroport uchun 200 mln dollar pul tikish ko‘zda tutilgan.
Yaponiyaning Sojitz korporatsiyasi O‘zbekistonda elektr stansiyasi, shamol energetikasi, shifoxona, aeroport va boshqa loyihalar doirasida jami 1 mlrd dollar investitsiya kiritishni rejalashtiryapti. Bu haqda kompaniya prezidenti Kosuke Uemura “O‘zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

“Sirdaryo-2 elektr stansiyasi uchun taxminan 40 mln dollar, shamol energetikasi loyihasi uchun 180 mln dollar, Samarqanddagi ko‘p tarmoqli xalqaro shifoxona loyihasi uchun 75 mln dollar, aeroport uchun 200 mln dollar sarmoya kiritish rejalashtirilgan. Barcha loyihalarning umumiy qiymati 5 mlrd dollar. Korporatsiyamiz tomonidan kiritilishi rejalashtirilgan umumiy investitsiya hajmi 1 mlrd dollarga yetishi kutilmoqda», - degan Uemura.
Avvalroq, Toshkent shahridan janubda Samarqand bilan bog‘lovchi amaldagi avtomobil yo‘li va yaqin kelajakda quriladigan pulli trassaga yaqin joyda yangi aeroport qurish rejalashtirilayotgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
17:59 / 20.06.2026
O‘zbekiston fuqarolarining xorijdagi kompaniyalar aksiyalarini sotib olishi osonlashadi
21:24 / 17.06.2026
O‘zbekiston investitsiyaviy salohiyatini izchil oshirib bormoqda - Saida Mirziyoyeva
20:58 / 16.06.2026
Saida Mirziyoyeva AQSh kompaniyalari vakillari bilan uchrashdi
18:04 / 16.06.2026