Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qatar kompaniyalari O‘zbekistonga investitsiya kiritadi
Shu hafta O‘zbekiston delegatsiyasi Qatarga borib, amir va turli vazirlar bilan uchrashib qaytgan. Delegatsiyaga tashqi ishlar vaziri hamda investitsiyalar, sanoat va savdo vazirlari boshchilik qildi. Ma’lum bo‘lishicha, Qatar kompaniyalari bilan farmatsevtika, «aqlli» shahar hududlarini rivojlantirish loyihalari amalga oshiriladi. Bu borada ikki tomon kelishuvga erishgan.
O‘zbekiston va Qatar o‘rtasida imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitim ham tayyorlanadi. Buni vazir Laziz Qudratov Qatarning davlat va biznes sektori vakillari bilan uchrashuvlarida aytdi.
Tadbirlarda Qatar Pharma, Tamam International, Almana Group, Ariane Real Estate, Retaj Group, Al Mansour Group, Petro White, Qatar Mining, Global Infrastructure Partners, Qatar Investment Authority va Al Jabor Trading kabi yetakchi kompaniyalar rahbarlari qatnashgan.
O‘zbekiston tomoni energetika, farmatsevtika, mashinasozlik, qurilish materiallari, oziq-ovqat va to‘qimachilik sanoati, foydali qazilmalarni qazib olish va qayta ishlash, turizm yo‘nalishlarida investitsiya imkoniyatlarini taqdim etdi.
Endi ikki davlat biznes doiralari farmatsevtika mahsulotlarini mahalliylashtirmoqchi, qurilish va ko‘chmas mulk sohalarida loyihalarni amalga oshirishga kelishib olingan. Shuningdek, «aqlli» shahar hududlarini rivojlantirish, foydali qazilmalarni qazib olish va qayta ishlash, turizm infratuzilmasi va mehmonxona biznesiga investitsiyalar kiritiladi.

2026 yilda Dohada Made in Uzbekistan ko‘rgazmasini o‘tkazish hamda O‘zbekiston—Qatar biznes kengashini tashkil etishga ham ikki tomon rozi bo‘lgan.
Mavzuga oid
17:35 / 15.07.2026
Islomiy investitsiya – u nima? Har bir inson investor bo‘la oladimi?
21:50 / 14.07.2026
Shavkat Mirziyoyev Qatar amiri va xalqiga hamdardlik bildirdi
17:52 / 14.07.2026
Qatarni o‘zgartirgan hukmdor – Shayx Hamad bin Xalifa
11:57 / 14.07.2026