Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uzbekistan Airways mahalliy qatnovlar sonini oshirdi
Toshkentdan Termiz, Buxoro, Farg‘ona, Navoiy va Namanganga yangi qatnovlar yo‘lga qo‘yiladi.
Uzbekistan Airways aviakompaniyasi qo‘shimcha mahalliy aviaqatnovlar joriy etilganini e’lon qildi.
Ular:
- Toshkent – Termiz – Toshkent (1-29 sentabr, dushanba, chorshanba va juma kunlari);
- Toshkent – Buxoro – Toshkent (9-30 sentabr, seshanba va juma kunlari);
- Toshkent – Farg‘ona – Toshkent (6-27 sentabr, shanba kunlari);
- Toshkent – Navoiy – Toshkent (10, 17 va 24 sentabr);
- Toshkent – Namangan – Toshkent (2-30 sentabr, seshanba va payshanba kunlari).
Qayd qilinishicha, parvozlar Airbus A320 havo kemalarida amalga oshiriladi.
Avvalroq, Uzbekistan Airways tarkibiga kiruvchi Silk Avia kompaniyasi Toshkentdan Termiz, Buxoro, Farg‘ona, Navoiy va Namanganga ba’zi qatnovlarni texnik sabablarga ko‘ra 2 oyga to‘xtatgan edi.
Mavzuga oid
21:23 / 10.03.2026
Umra safarlari qayta yo‘lga qo‘yilmoqda
10:01 / 07.03.2026
Dubaydan Toshkentga aviaqatnovlar bosqichma-bosqich tiklanmoqda
11:35 / 11.02.2026
Toshkentga uchgan samolyotlar Samarqand va Bishkekka qo‘nishga majbur bo‘ldi
15:10 / 03.02.2026