Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniyada eng qimmat avtoban ochildi: yo‘lning 1 metri – 225 ming yevro
Olti qatorli magistral qurilishi 12 yil davom etdi. Tanqidchilar uning o‘ta qimmatligidan norozi.
Berlin shahrida A100 avtobanining bahsli uchastkasi ochildi. Yo‘lning bir metri budjetga 225 ming yevroga tushdi, deb xabar berdi DW.
Ta’kidlanishicha, bu Germaniyada qurilgan avtomobil yo‘lining eng qimmat qismi. 3,2 km uzunlikdagi trassa Treptov va Noykoln tumanlarini bog‘ladi, olti qatorli magistral qurilishi 12 yil davom etdi. Avtomobil yo‘li chuqurligi 7 metrgacha bo‘lgan joydan o‘tadi, uni loyihalashda ko‘rshapalaklar uchun xavf ham hisobga olingan.
Avtoban yangi uchastkasi, masalan, shahar tashqarisidan Berlinga ishga boradigan odamlarga yordam berishi, shuningdek, turar-joy kvartallaridagi avtomobillar yuklamasini yengillashtirishi kutilmoqda. Ammo tanqidchilarning ta’kidlashicha, trassa avtomobillarning qo‘shimcha oqimini keltirib chiqaradi. Bundan tashqari, shaharda ko‘priklar, mavjud yo‘llar, shuningdek, temir yo‘l infratuzilmasini ta’mirlash uchun mablag‘ yetishmaydi.
Loyiha muxoliflari, shuningdek, Berlin ma’muriyati transport siyosatidagi taraqqiyotni sekinlashtirayotganini ta’kidlamoqda: Kopenhagen, Vena, Barselona va boshqa megapolislar piyodalar ko‘chalarini ochib, velosiped yo‘laklarini qurayotgan bir paytda, Germaniya poytaxti 30 km/soat tezlik chegarasidan voz kechmoqda, shuningdek, velosiped ijarasi tizimini subsidiyalashni to‘xtatmoqda.
Mavzuga oid
10:00 / 10.06.2026
Germaniya Ukraina uchun yana 300 million yevro ajratadi
10:40 / 09.06.2026
Yevropaning yangi avlod jangovar samolyoti loyihasi to‘xtatildi
11:20 / 08.06.2026
O‘zbekiston fuqarolarini Germaniya mehnat bozoriga jalb etish kengaytiriladi
08:40 / 06.06.2026