Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindiston Ozarboyjonning ShHT a’zosi bo‘lishiga yana to‘sqinlik qildi
Ta’kidlanishicha, bunga Ozarboyjon tomonidan Pokistonning qo‘llab-quvvatlanishi sabab bo‘lgan. O‘z navbatida Pokiston Armanistonning arizasini bloklagan.
Foto: Reuters
Hindiston Ozarboyjonning Shanxay hamkorlik tashkilotiga (ShHT) a’zo bo‘lish uchun topshirgan arizasini yana blokladi. Bu haqda manbalarga tayanib, AnewZ nashri xabar berdi.
Ozarboyjon tomoni bu qarorni Pokistonning Ozarboyjon tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi bilan bog‘lamoqda. Hindiston tomonining fikricha, Ozarboyjonning Pokistonni qo‘llab-quvvatlashi ko‘p tomonlama diplomatiya tamoyillariga va «Shanxay ruhi»ga - ikki tomonlama mojarolar ko‘p tomonlama platformalarga ko‘chirilmasligi kerak degan tushunchaga ziddir.
O‘z navbatida Xitoy Ozarboyjonning ShHT a’zosi bo‘lish istagini qo‘llab-quvvatlaydi va uning arizasini «Shanxay ruhi»ga mos deb biladi.
Siyosatchilarning ta’kidlashicha, bunday vaziyat ShHT ichida kelishmovchiliklar mavjudligini ta’kidlaydi: bir tomondan Xitoyning qo‘llab-quvvatlashi, boshqa tomondan Hindiston tomonidan bloklanishi.
Bokudagi ismi oshkor etilmagan rasmiylar bu qadam Ozarboyjonning siyosiy kursini o‘zgartirmasligini, biroq ko‘ptomonlama diplomatiya va ShHT tamoyillariga zid ekanini aytdi. Ozarboyjonning APA agentligining yozishicha, bunga javoban Pokiston Armanistonning tashkilotga a’zo bo‘lish arizasini bloklagan.
Bugungi kunda Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, Pokiston, O‘zbekiston va Belarus ShHT a’zosi hisoblanadi. Shuningdek, tashkilot huzuridagi kuzatuvchi mamlakatlar (Afg‘oniston va Mo‘g‘uliston), shuningdek, oltita muloqot bo‘yicha hamkorlar (Ozarboyjon, Armaniston, Kambodja, Nepal, Turkiya va Shri-Lanka) bor.
Mavzuga oid
15:45 / 04.12.2025
Neft, qurol va geosiyosat. Putin nega Hindistonga davlat tashrifi bilan kelmoqda?
14:15 / 03.12.2025
Hindiston hukumati smartfonlarda o‘chirib bo‘lmaydigan davlat ilovasini joriy etmoqda
09:03 / 02.12.2025
Ozarboyjonda muxolifat yetakchisi Ali Kerimli hibsga olindi
09:19 / 25.11.2025