Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kim Chen In Xitoyga qizi Kim Chju E bilan bordi
KXDR rahbari Xitoyga birinchi marta o‘z vorisi bo‘lishi taxmin qilinayotgan qizini olib bordi.
Foto: KCNA
KXDR yetakchisi Kim Chen In Xitoyga qizi Kim Chju E bilan borgan bo‘lishi mumkin, deb xabar berdi Yonhap agentligi Janubiy Koreya Milliy razvedka xizmatiga (NIS) tayanib.
NIS bu haqda Kim Chen In Ikkinchi jahon urushi yakunlanishi munosabati bilan o‘tkaziladigan marosimda ishtirok etish uchun zirhli poyezdda Pekinga borganidan ko‘p o‘tmay ma’lum qildi.
«Koreya markaziy telegraf agentligi» tomonidan e’lon qilingan safar fotosuratlarida Shimoliy Koreya yetakchisi yonida yosh qiz turgani ko‘rinadi. NIS bu Kim Chju E ekanini taxmin qilmoqda.
«Kim Chen In Xitoyga tashrifi chog‘ida qizi Kim Chju Eni o‘zi bilan olib ketganga o‘xshaydi», deb ma’lum qildi razvedka.
NIS ma’lumotlariga ko‘ra, bu Kim Chen Inning qizi hamrohligida Xitoyga birinchi tashrifi - u ilgari rafiqasi Li Sol Chju bilan borgan. Yonhap Kim Chju E 2022 yildan beri muntazam ravishda rasmiy tadbirlarda otasining yonida paydo bo‘lishini eslatdi.
2024 yilda NIS Janubiy Koreya parlamentiga taxminan 10-13 yoshli Kim Chju E davlat boshqaruvi bo‘yicha o‘qiyotganini ma’lum qildi.
Uning jamoatchilik faoliyatining 60 foizga yaqini otasi bilan birga harbiy va iqtisodiy tadbirlarga borishi bilan bog‘liq. KXDR ommaviy axborot vositalarida u «xyando» - yetakchilar yoki ularning vorislariga nisbatan qo‘llaniladigan unvon bilan ataladi. Shu bilan birga, razvedka o‘rinbosar sifatida boshqa odam tanlanishi mumkinligini istisno qilmaydi.
Mavzuga oid
23:02 / 13.01.2026
Prokurorlar Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Yun uchun o‘lim jazosini so‘radi
16:33 / 06.01.2026
«Rasm sifati yaxshi, to‘g‘rimi?» - Li Xitoy bilan munosabatlarni tiklashga urinmoqda
11:34 / 29.12.2025
KXDR Sariq dengiz yo‘nalishida ikki qanotli raketa sinovini o‘tkazdi
21:21 / 26.12.2025