Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Milliarderlar: SI ta’limni butkul o‘zgartiradi
Universitetda o‘qish narxining qimmatligi va qat’iy dars jadvallari uzoq vaqtlardan beri keng aholining sifatli ta’lim olishiga to‘siq bo‘lib keldi. Sun’iy idrok bu to‘siqlarni buzib, o‘qishga intilgan har kim uchun yuqori sifatli, individual yo‘llarni ochib beradi. Ta’lim sektorida SIni moliyalashtirayotgan amerikalik milliarderlar Billi Ekman, Loren Pauyell Jobs va Piter Til ana shunday g‘oyani ilgari suryapti.
Billi Ekman

Milliarder investor Billi Ekman Texas, Florida, Arizona va Kaliforniyada faoliyat yuritayotgan Alpha School dasturini qo‘llab-quvvatlamoqda. Bu bolalar bog‘chasidan 12-sinfgacha mo‘ljallangan dastur bo‘lib, sun’iy idrok yordamida akademik mashg‘ulotlarni kuniga ikki soatgacha qisqartiradi. Dastur individual ta’lim va hayotiy ko‘nikmalarga urg‘u beradi.
Ekman o‘z maktabini Nyu Yorkda ham ochish niyatida. U o‘z loyihasini “buyuk innovatsiya” deb ta’riflayapti.
Loren Pauyell Jobs

Stiv Jobsning rafiqasi Loren Pauyell Jobs – tadbirkor va xayriyachi. U XQ Institute nomli notijorat tashkilotga 300 mln dollardan ortiq sarmoya kiritgan. Bu tashkilot AQShda o‘rta maktab tizimini isloh qilish bilan shug‘ullanadi. Texnologiyalar, jumladan sun’iy idrok yordamida maktablarni o‘zgartirish mumkinligini ilgari suradi.
Piter Til

PayPal asoschilaridan biri Piter Tilning Thiel Fellowship dasturi yosh tadbirkorlarga an’anaviy ta’limni tashlab, innovatsion loyihalar bilan shug‘ullanish imkoniyatini bermoqda. Dasturga qabul qilingan 20 yoshdan kichiklar uchun 2 yil davomida 100 ming dollar grant beriladi.
Ethereum asoschisi Vitalik Buterin – shu dastur stipendiatlaridan biri. Piter Tilning stipendiantlaridan yana biri – Josh Brauder, u diplom olishiga bir necha oy qolganda Stenfordni tashlab ketgan: o‘zining aytishicha, ta’lim kreditini to‘plash uchun majburiy raqs darslarida qatnashish kabi talablar uni o‘z texnologik startapini ishga tushirish va boshqarishdan chalg‘itgan.
Tarixdan saboq
Meta asoschisi Mark Tsukerberg va uning rafiqasi Prissilla Chan 2016 yilda San-Fransisko ko‘rfazida bepul The Primary School maktabini tashkil etishgan. Tsukerberg, shuningdek, individual va bolalarning o‘z tashabbusiga asoslangan ta’limga yo‘naltirilgan xususiy Alschool'ni qo‘llab-quvvatlagan. WeWork kompaniyasi asoschisi Adam Neymann esa 2018 yilda Manhettenda Montessori uslubiga o‘xshash WeGrow maktabini ochgan. Ammo katta pul har doim ham ta’lim sohasida katta muvaffaqiyat olib kelmagan. WeGrow atigi ikki yildan keyin, 2020 yilda yopildi. The Primary School kelasi yilda yopilishi e’lon qilingan, Alschool esa 2019 yilda o‘z “mikromaktab”larini sotib, dasturiy ta’minot kompaniyasiga aylangan.
Shunga qaramay, Ekman, Pauyell Jobs va Til qilayotgan ishlariga katta optimizm bor. Ular ta’limga xususiy sektorda talab qilinadigan ko‘nikmalarni, jumladan texnologiyaga moslashuvchanlikni olib kirishmoqda.
Mavzuga oid
21:55 / 15.06.2026
Anthropic AQSh hukumati talabiga binoan o‘zining eng kuchli sun’iy intellekt modellarini o‘chirdi
15:13 / 15.06.2026
Namanganda ta’lim tizimi mansabdori tezkor tadbirda qo‘lga olindi
11:06 / 14.06.2026
Sun’iy intellekt endi shunchaki texnologiya emas, u strategik qurol
08:47 / 13.06.2026