Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Seul AQShdan reyd paytida ushlangan janubiy koreyaliklarni qaytaradi
Qurilayotgan Hyundai va LG batareyalar ishlab chiqarish zavodida qo‘lga olingan yuzlab janubiy koreyaliklar yaqin kelajakda o‘z vataniga qaytadi, Vashington bilan bu boradagi muzokaralar yakunlandi, deya ma’lum qildi Seul.
AQShning Jorjiya shtatida Janubiy Koreyaning Hyundai Motor Group va LG Energy Solution kompaniyalari qurilish maydonchasida o‘tkazilgan reyd chog‘ida 300 dan ortiq ishchi ushlanganidan so‘ng, Seul hukumati Janubiy Koreya fuqarolarini o‘z mamlakatiga qaytarish niyatida. AQSh rasmiylari bilan kelishuv haqida Janubiy Koreya prezidenti devoni rahbari Kan Xun Sik ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Vashington bilan bu boradagi muzokaralar yakunlangan. Qo‘lga olingan janubiy koreyaliklar uchun zarur ma’muriy tartib-qoidalar tugashi bilan charter reys jo‘natiladi, dedi u.
Avvalroq Seuldagi Tashqi ishlar vazirligi 4 sentabr kuni Hyundai elektromobillar uchun batareyalar ishlab chiqarish zavodida o‘tkazilgan reyd chog‘ida Amerika immigratsiya idoralari tomonidan 300 dan ortiq janubiy koreyalik ushlanganini tasdiqladi. Idoraning ta’kidlashicha, ular qo‘lga olinganlar oldida «katta mas’uliyatni his qilmoqda». Janubiy Koreya hukumati o‘z fuqarolarini nishonga olgan operatsiyadan «tashvish va afsusda» ekanini bildirdi, deb yozadi nashr. Yonhap agentligiga ko‘ra, qo‘lga olingan janubiy koreyaliklarning aksariyati AQShga B1 ish vizasi bilan yoki ESTA vizasiz rejimiga muvofiq qisqa muddatli safar maqsadida kelgan.
Mavzuga oid
22:12 / 11.06.2026
AQSh Ukraina va Erondagi urushlar tufayli dunyodagi eng yirik neft eksportchisiga aylandi
21:17 / 11.06.2026
Tramp Eron neft va gaz bozorlarini «to‘liq Amerika nazorati ostiga» olishga va’da berdi
20:29 / 11.06.2026
Eron afsonaviy Apacheʼni urdi. Urush qaytalandi
14:07 / 11.06.2026