Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NATO sharqiy qanot mudofaasi bo‘yicha yangi missiyani boshlaydi
Yaqin kunlarda NATO alyansning butun sharqiy qanoti bo‘ylab mudofaani kuchaytirish uchun "Sharqiy qo‘riqchi" tashabbusini boshlaydi. Bu haqda NATO rahbari Ryutte va Yevropadagi ittifoqchi qo‘shinlar qo‘mondoni Grinkevich Rossiyaning dron hujumidan so‘ng ma’lum qildi.
Rossiyaning uchuvchisiz uchoqlari Polshaga bostirib kirganidan keyin NATO sharqiy qanotda o‘z qo‘shinlarini kuchaytiradi. 12 sentabr, juma kuni NATO bosh kotibi Mark Ryutte Bryusselda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Shimoliy Atlantika alyansi o‘zining Sharqiy Yevropadan bo‘lgan a’zolarini Rossiya Polsha havo hududini buzganidan keyin himoya qilish uchun yangi tashabbus bilan chiqishini e’lon qildi.
NATO yaqin kunlarda Yevropaning sharqiy qanoti mudofaasini kuchaytirish uchun "Sharqiy qo‘riqchi" missiyasini joylashtiradi, chunki Rossiya havo hududida pala-partish harakatlarni kuchaytirmoqda, dedi u. Missiya bir qator ittifoqchilar kuchi va vositalarini o‘z ichiga oladi. Ishtirokchilar orasida Daniya, Fransiya, Buyuk Britaniya va Germaniya bor.
Ryuttening tushuntirishicha, chora-tadbirlar «an’anaviy harbiy imkoniyatlardan» tashqari «dronlar qo‘llashdagi maxsus muammolarni hal qilish uchun maxsus ishlab chiqilgan elementlarni ham o‘z ichiga oladi».
Mavzuga oid
10:45 / 29.06.2026
Germaniya Polshaga 300 mln yevrogacha tovon to‘lashi mumkin
16:09 / 21.06.2026
Kiyev va Varshava o‘rtasida – «ordenlar urushi» ketmoqda
10:15 / 08.06.2026
O‘zbekiston NATO sherik davlatlari kunida ishtirok etdi
22:20 / 06.06.2026