Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Polsha NATOdan havo mudofaa tizimlari va dronlardan himoyani so‘ramoqda
Varshava Rossiya dronlari bostirib kirganidan keyin havo mudofaasini kuchaytirishni so‘ramoqda. Ittifoqchilar Patriot, vertolyotlar va harbiylarni va’da qilmoqda.
Foto: AP
Polsha NATO ittifoqchilaridan uni qo‘shimcha havo hujumidan mudofaa tizimlari va uchuvchisiz uchoqlarga qarshi texnologiyalar bilan ta’minlashni so‘radi. Bu haqda Bloomberg agentligi o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.
Ularga ko‘ra, Rossiyaning uchuvchisiz uchoqlari Polsha havo hududiga bostirib kirganidan so‘ng Varshava hamkorlar bilan maslahatlashuvlar o‘tkazgan. «Chexiya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Italiya, Finlandiya va Boltiqbo‘yi davlatlari – barcha ittifoqchilar qo‘llab-quvvatlashga tayyor va aniq bayonotlar bilan chiqdi», dedi Polsha mudofaa vaziri Vladislav Kosinyak-Kamish muzokaralar yakunida.
Niderlandiya hukumati 2025 yil oxirigacha Polshaga ikkita Patriot havo mudofaa tizimi, uchuvchisiz uchoqlarga qarshi tizimlar va 300 nafar askarni o‘tkazishini allaqachon e’lon qilgan.
Chexiya uchta Mi-171Sh vertolyotini taqdim etishga va’da berdi. Ular, Praga hukumatiga ko‘ra, «Polsha armiyasiga mamlakatni past balandlikda uchadigan dronlardan himoya qilishga yordam beradi».
Mavzuga oid
08:51
Polsha to‘rt ukrain va bir rossiyalikni diversiyalarda aybladi
13:13 / 16.01.2026
Germaniya NATOning keng ko‘lamli mashqlarini qabul qilmoqda
12:24 / 16.01.2026
Gretsiya dron hujumlaridan so‘ng Qora dengizdagi xatarlar haqida ogohlantirdi
22:18 / 15.01.2026