Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston" temiryo‘li qurilishi 2030 yilgacha yakunlanadi
Ummonning Asdaa Oman gazetasida "O‘zbekiston – Xitoy temiryo‘l hamkorligi: tranzit, savdo va yangi logistika imkoniyatlari" sarlavhali maqola e’lon qilindi.
Maqolada O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlar asrlar davomida shakllangan tarixiy aloqalarga tayanganligi va bugungi kunda bu hamkorlik "Bir makon – bir yo‘l" tashabbusi doirasida yangi bosqichga ko‘tarilayotganligi haqida co‘z yuritiladi. Jumladan, 2024 yil 27 dekabrda boshlangan "Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston" temiryo‘li 2030 yilgacha yakunlanishi rejalashtirilganligi ta’kidlangan.
"Ushbu temiryo‘l orqali yiliga 15 million tonnagacha yuk tashish imkoniyati yaratiladi. Bu nafaqat yuk yetkazib berish vaqtini, balki transport xarajatlarini ham qisqartiradi. Temiryo‘l qurilishi doirasida 20 ta stansiya, 42 ta ko‘prik va 25 ta tunnel quriladi. Yo‘nalish Qashg‘ar, Torugart, Makamal, Jalolobod va Andijon shaharlaridan o‘tadi", – deb yozilgan maqolada.
Bundan tashqari, nashrda O‘zbekiston va Xitoyda yangi logistika markazlari – jumladan, Lanchjou shahrida yuk yig‘ish nuqtasi hamda Lyanyungang port shahridan foydalangan holda logistika xablari tashkil etilishi ma’lum qilingan.
"Loyiha O‘zbekistonning geoiqtisodiy mavqeini mustahkamlab, mamlakatni mintaqaviy logistika markaziga aylantirishga xizmat qilishi bilan bir qatorda, xalqaro savdo va tranzit imkoniyatlarini kengaytiradi va butun mintaqa rivojiga ulkan hissa qo‘shadi", – deb yozgan muallif.
Mavzuga oid
20:21 / 10.07.2026
«Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston» temiryo‘li qurilishi faol bosqichga o‘tdi
21:06 / 07.07.2026
Qirg‘izistonda uchish chog‘ida samolyotning shassisi sindi
20:20 / 06.07.2026
Qirg‘iz-o‘zbek chegarasida korrupsiyaga qarshi maxsus operatsiyada o‘nlab xodimlar ushlandi
23:09 / 04.07.2026