O‘zbekiston | 14:14 / 17.09.2025
1632
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Pokiston kiberxavfsizlik sohasida hamkorlik qiladi

O‘zbekiston elchisi Alisher To‘xtayev Pokiston Kiberxavfsizlik sohasida favqulodda holatlarni bartaraf etish milliy markazi bosh direktori Hayder Abbas bilan uchrashdi.

Foto: "Dunyo" AA

Muloqot chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasida kiberxavfsizlik sohasida hamkorlikni rivojlantirish, tajriba almashish, raqamli infratuzilmani himoya qilishga ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish, qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalar orqali kadrlar salohiyatini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida kiberhodisalarga tezkor javob qaytarish va tahdidlar haqida axborot almashish, qo‘shma o‘quv-mashg‘ulotlari va simulyatsiyalar o‘tkazish, davlat xizmatchilari va talabalar uchun qisqa muddatli o‘quv kurslari tashkil etish, sun’iy intellekt asosida tahdidlarni aniqlash, raqamli ekspertiza va xavfsiz aloqa tizimlari sohasida ilmiy-tadqiqotlar olib borish kabi yo‘nalishlarda hamkorlik istiqbollari belgilab olindi.

O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida raqamli xavfsizlik sohasida hamkorlikni izchil davom ettirish, ustuvor vazifalar va aniq amaliy yo‘nalishlarni belgilab olish uchun o‘zaro tashriflarni tashkil etish, ikki davlat mutasaddi idoralari o‘rtasida muntazam onlayn uchrashuv va muzokaralar o‘tkazishga kelishildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid