Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Albaniya parlamentida birinchi sun’iy intellekt - vazir nutq qildi
Diella o‘zining uch daqiqalik murojaatida deputatlarga mamlakat konstitutsiyasi qoidalarini eslatib, o‘zini maqtadi.
Albaniya hukumatida vazir lavozimiga tayinlangan sun’iy intellekt - bot Diella parlamentda o‘zining birinchi nutqini so‘zladi. Sun’iy intellekt vaziri ekranda «hamkasblariga» milliy alban libosidagi ayol qiyofasida ko‘rinish berdi. U o‘zining uch daqiqalik murojaatida deputatlarga mamlakat konstitutsiyasi qoidalarini eslatib, o‘zini maqtadi, deb yozdi AP.
«Konstitutsiyada xalqqa xizmat qiladigan institutlar haqida gap boradi. U xromosomalar, go‘sht yoki qon haqida gapirmaydi. U mas’uliyat, hisobdorlik, shaffoflik va barcha uchun teng sharoitlar haqida gapiradi», dedi sun’iy intellekt vaziri va yig‘ilganlarni «bunday qadriyatlarni har qanday hamkasb bilan bir xil darajada, balki undan ham ko‘proq darajada» o‘zida mujassamlashtirganiga ishontirdi. Diella shuningdek, o‘zining vazifasi odamlarni almashtirish emas, balki ularga yordam berish ekanini ta’kidladi.
VIDEO: 🇦🇱 Albania's new AI-generated minister makes first address to parliament
— AFP News Agency (@AFP) September 18, 2025
The world's first AI government minister defended her role as "not here to replace people, but to help them". 'Diella' was appointed by Prime Minister Edi Rama last week pic.twitter.com/2dFh082DLz
Dunyodagi birinchi sun’iy intellekt vazirini o‘tgan hafta Albaniya bosh vaziri Edi Rama taqdim etgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, alban tilida «quyosh» degan ma’noni anglatuvchi Diella davlat xaridlari uchun javob beradi. Davlat xaridlarining butun sohasi bosqichma-bosqich sun’iy intellekt nazoratiga o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
18:08 / 12.03.2026
YouTube siyosatchilar va jurnalistlarni dipfeyklardan himoya qilishni boshlaydi
18:02 / 10.03.2026
Britaniyalik 10 ming nafar yozuvchi matnsiz kitob chiqardi
01:16 / 07.03.2026
OpenAI kompaniyasi GPT-5.4 modelini taqdim etdi
08:54 / 04.03.2026