Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Talaba qanday hollarda OTMdan chetlashtirilishi mumkin?
Foto: Kun.uz
Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 13 sentabr 578-sonli qaroriga muvofiq, talabalar qator holatlarda o‘qishdan chetlashtirilishi mumkin.
Ular:
➖ o‘z xohishiga ko‘ra;
➖ o‘qishning boshqa ta’lim tashkilotiga ko‘chirilishi munosabati bilan;
➖ oliy ta’lim tashkilotlarining ichki tartib-qoidalari hamda odob-axloq qoidalarini buzgani uchun;
➖ bir semestr davomida darslarni uzrli sabablarsiz 74 soatdan ortiq qoldirgani uchun (salomatligi sababli belgilangan shakldagi tibbiy ma’lumotnoma taqdim etilgan holat bundan mustasno);
➖ o‘qish uchun belgilangan to‘lov o‘z vaqtida amalga oshirilmaganligi uchun (to‘lov-kontrakt bo‘yicha tahsil olayotganlar uchun taalluqli);
➖ talaba sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganda;
➖ sud qaroriga ko‘ra kirish imtihonlarida belgilangan tartibni buzganligi aniqlanganda (ushbu holatda talabalar safidan chetlashtirilganlar talabalar safiga qayta tiklanmaydi);
➖ talaba abituriyent sifatida oliy ta’lim tashkiloti qabul komissiyasiga taqdim etgan (topshirgan) hujjatlarining qalbakiligi yoki belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlansa;
➖ vafot etganligi sababli.
Ma’lumot o‘rnida, harbiy xizmatni o‘tash, salomatligini tiklash, homiladorlik va tug‘ish, shuningdek, bolalarni parvarish qilish ta’tillari davrida hamda oilasining betob a’zosini (otasi, onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar, turmush o‘rtog‘i, farzandi) parvarish qilish uchun talabaga belgilangan tartibda akademik ta’til berilishi mumkin.
Mavzuga oid
18:25 / 13.01.2026
Harbiy xizmatni o‘taganlarga foizsiz ta’lim krediti beriladi
20:04 / 01.01.2026
Yangi O‘zbekiston universitetining kampusi 200 mln dollarga baholanmoqda
08:45 / 25.12.2025
OTM davlat akkreditatsiyasi: baholash tartibi va majburiy indikatorlar belgilandi
15:15 / 23.12.2025